Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:15

Prezident Karimov vafot etdi. O‘zbekistonda 3 kunlik motam e’lon qilindi


O‘zbekistonni 27 yil davomida qatiqqo‘llik bilan boshqarib kelgan prezident Islom Karimov rasman 2 sentabr kuni Toshkentda 78 yoshida olamdan o‘tdi. Ozodlik Markaziy Osiyodagi eng qahri qattiq prezident sifatida nom chiqargan Karimov hayoti va qoldirgan merosiga nazar tashlaydi.

Markaziy Osiyodagi aholisi eng ko‘p (qariyb 31 million – tahr) mamlakat O‘zbekistonni temir qo‘l bilan 27 yil boshqargan Islom Karimov 2 sentabr kuni vafot etdi.

Bu haqdagi Vazirlar mahkamasi va Oliy Majlisning axborotida mamlakat bo‘ylab 3 kunlik motam e’lon qilindi.

O‘zbekiston Kommunistik partiyasining sobiq 1-kotibi Islom Karimov inson haqlarini toptash orqali aholini qo‘rquvda ushlab kelgan xavfsizlik tizimlari qo‘llovi¸ Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi geosiyosiy muvozanatni ushlash va prezident vakolatlarini cheklanmagan tarzda kengaytirish bilan hokimiyatni shu qadar uzoq vaqt davomida o‘z qo‘lida saqlay oldi.

Inson haqlari faollari Karimov boshqaruvining siyosiy o‘zga fikrlilikni muttasil bostirish¸ aholini paxta dalalariga majburan haydash¸ kuch ishlatar tizimlarining muttasil qiynoq qo‘llashi bilan kechganini aytadilar.

O‘limi bilan Karimov na hukumat faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati va na demokratiya va qonun ustivorligi tajribasi bor bir mamlakatda SSSR qulashidan oldin hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan yakka hukmdor o‘rnini kim egallaydi¸ degan savol javobini ochiq qoldirib ketdi.

1938 yil 30 yanvarda Samarqandda tug‘ilgan Islom Karimov ma’lumotiga ko‘ra iqtisodchi edi. Uning hokimiyat tepasidagi haët va faoliyati 1989 yilda – O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi 1-kotibi lavozimiga tayinlanishi bilan boshlangan edi.

1990 yili O‘zbekistonda prezidentlik lavozimi joriy qilingach¸ Oliy Majlis tomonidan O‘zbekistonning 1-prezidenti etib saylangan Islom Karimov O‘zbekiston siyosiy hayotining keyingi o‘n yilliklarini ham belgilab bergan konseptsiyasini 1991 yili Namanganda - Tohir Yo‘ldosh va uning radikal izdoshlari qurshovida qolganida ilgari surgan edi.

Agar ertaga meni prezident qilsangiz¸ menga bir jumla kerakki¸ parlamentni tarqatib yuboradigan huquq bersangiz¸ undan keyin mani huquqim¸ mani gapim bitta bo‘ladi. Agarki prezident katta kuchga ega bo‘lmasa¸man hech narsa qilolmayman. Ertaga parlament chiqib yo‘q deydi¸ shu bilan tamom” degan edi Tohir Yo‘ldosh bilan muzokaralarda Islom Karimov.

Каримов Тоҳир Йўлдош билан музокара қилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:40 0:00

1991 yil 31 avgustida O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilgan Islom Karimov SSSR qulaganidan ko‘p o‘tmay o‘tkazilgan ilk prezident saylovlari va undan keyingi saylovlarda ham g‘olib deb topildi.

Keyingi 25 yil davomida necha marta saylov o‘tkazilgan bo‘lsa¸ hammasida Karimovning 90 foizdan ko‘proq ovoz olgani aytilgan bu tadbirlar G‘arb tomonidan na erkin va na adolatli deb topildi. O‘zbekiston konstitutsiyasi ochiq-oydin qilib bir shaxsning ikki muddatdan ortiq prezident bo‘lmasligini ta’kidlab turganiga qaramay¸ keyingi ikki saylovda yana qatnashib¸ yana g‘olib deb e’lon qilingan Karimov hokimiyatining legitimligi keskin tanqidlarga uchradi.

Siyosiy texnologiyalar ustasi deb ko‘rilgan Islom Karimov hokimiyatni o‘z qo‘lida markazlashtirish uchun har xil referendumlar foydalandi¸ siësiy muxolifatni yaroqsiz holga keltirdi¸ ehtimoliy raqiblar va jamoatchilikni nazoratda ushlash uchun mustaqil va tanqidiy matbuotni butkul yo‘q qildi.

Karimov hokimiyati davrida O‘zbekiston adliya tizimi hibsga olinganlarga nisbatan sistematik qiynoqlar qo‘llanilishi bois xalqaro huquq guruhlari tanqidiga nishon bo‘lib keldi.

Islom Karimov ayrimlar tomonidan O‘zbekistondagi xavfsizlik tizimlari shavqatsizligini oqlash uchun islomiy jangarilar kartasidan foydalanganlikda ayblab kelindi.

1999 va 2004 yili Toshkentda yuz bergan portlashlar¸ 1999 va 2000 yillarda O‘zbekiston islomiy harakatining ketma-ket xurujlaridan keyin mamlakatdagi islomiy guruhlar qattiq ta’qibga uchradi.

90-yillar oxirida deputatlarni islomiy radikallarga qarshi etarlicha kurashmayotganlikda ayblagan Islom Karimov “agar bunga jur’atingiz bo‘lmasa¸ menga qurol bering¸ ularning kallasidan o‘zim otaman”¸ degan edi.

Islom Karimov O‘zbekistonning geosiyosiy joylashuvidan foydalanib AQSh bilan yaqinroq aloqa o‘rnatishga urindi va shu maqsadda Amerika harbiylarining Afg‘onistondagi harbiy amaliyotlari uchun ta’minot yordami taklif qildi.

Huquq faollari AQSh hukumatini imtiyozli tranzit uchun mamlakatdagi inson haqlari vaziyatiga ko‘z yumganlikda ayblab¸ Vashington esa¸ bu ayblarni rad etishga urinib keldi.

2005 yil 13 may kuni Andijonda yuzaga chiqqan norozilik namoyishi xavfsizlik kuchlari tomonidan shavqatsizlarcha bostirilganidan so‘ng Karimov xalqaro hamjamiyatning bu qonli voqealar bo‘yicha mustaqil tekshiruv o‘tkazish talabini qat’iyan rad qildi. Karimov tomonidan xorijdagi islomiy terrorchilar tarafidan uyushtirilgani aytilgan Andijon voqealarida¸ rasmiylarga ko‘ra¸ 187 odam nobud bo‘ldi.

Mintaqaviy gegemon

Markaziy Osiyodagi qolgan to‘rt davlatning bari¸ qolaversa¸ Afg‘oniston bilan o‘zaro chegaraga ega O‘zbekiston mintaqada eng katta aholi va eng katta armiyaga ega davlat. Mamlakat shuningdek kattagina neft va gaz zahiralari ustida joylashgan.

Karimov hukmronligi davrida O‘zbekiston mintaqaviy gegemonga aylanishga harakat qildi va bu urinish qo‘shnilar bilan munosabatlarni keskinlashtirdi¸ chegara va suv ustidagi kelishmovchiliklarga olib keldi.

Toshkentning islomiy ekstremizm tahdidi bahonasida qo‘shnilar bilan chegaralarni yopishi ham o‘zbekistonliklar¸ ham chegaraning narigi tomonidagilar hayotini jiddiy murakkablashtirib keldi.

Gaz eksporti¸ aniqrog‘i to‘lanmagan pul bahonasida gaz uzatishni to‘xtatib qo‘yish Karimovga Qirg‘iziston va Tojikiston kabi kambag‘al qo‘shnilarga bosim o‘tkazish imkonini berdi.

Qo‘shnilar ko‘p marta Karimov maxfiy xizmatlarini o‘z hududlarida turli xurujlar uyushtirish yoxud Toshkent tomonidan qidirilgan shaxslarni ushlash uchun chegaradan o‘tib-qaytishda aybladi.

Inson haqlari vaziyati borasidagi tanqidlarga qaramay O‘zbekistonning jug‘rofiy joylashuvi va yonilg‘i zahiralari Rossiya va G‘arb hukumatlarini Karimov hukumati bilan yaqinroq aloqa o‘rnatishga undadi.

Ammo Karimov siyosati Toshkent va Moskva¸ qolaversa AQSh¸ YeI va xalqaro moliya tashkilotlari orasiga ko‘p bora sovuqchilik tushishiga ham sabab bo‘ldi.

90-yillarda Tojikiston fuqarolik urushi girdobiga tortildi¸ Qirg‘iziston va Qozog‘iston namoyishlar¸ qolaversa prezident va parlament o‘rtasidagi ziddiyat sabab falajlandi va aksar mintaqa davlatlari bu vaziyatdan chiqish uchun xalqaro yordamga muhtoj bo‘lib qoldi.

Ammo Karimov boshqargan O‘zbekiston o‘tish davrida jiddiy beqarorlikka chap bera oldi va aksar postsovet respublikalaridan farqli xalqni elektr quvvati va gaz kabi eng zarur xizmat va mahsulotlar bilan ta’minlay oldi.

Shunga qaramay kuzatuvchilarga ko‘ra¸ shavqatsiz repressiyalar va yashash sharoitining muttasil yomonlashib borishi O‘zbekistonda qurolli qarshilik uchun qulay zamin yaratmay qolmadi.

Mamlakat yillardan beri iqtisodiy islohotlar yo‘qligi¸ keng ko‘lamli korrupsiya va qarindosh-urug‘chilik uchun tanqid qilib kelinmoqda. Hukumat shuningdek paxta yetishtirish jarayoni¸ ayniqsa¸ yig‘im-terim paytidagi keng ko‘lamli majburiy mehnat uchun xalqaro guruhlar tanqidi ostida qolib kelmoqda.

Oila ishi

Karimovning qizlari Gulnora va Lola Karimovalar otasi yaratgan tuzumdan eng ko‘p manfaat ko‘rgan shaxslar sifatida ko‘riladi. 2011 yili ikkala qiz Shveysariyadagi Bilan jurnali tomonidan bu mamlakatda yashovchi eng badavlat 300 shaxs ro‘yxatiga kiritilgan edi.

Bir necha yil muqaddam otasining vorisi deb ko‘rilgan to‘ng‘ich qiz Gulnora Karimova 2014 yildan beri jamoatchilik ko‘zidan g‘oyib bo‘ldi va norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra¸ xalqaro korrupsiya janjali ortidan uy qamog‘iga olingan.

Islom Karimovning salomatligi haqida Vazirlar Mahkamasi 28 avgust qisqa baënot tarqatishi ertasiga uning vaziyati haqida aniqroq ma’lumot bergan kenja qiz Lola bo‘ldi.

Lola Karimovaning rus¸ o‘zbek va ingliz tillarida ëzilgan Instragram va Facebook xabarida otasining miyaga qon quyulish tashxisi bilan reanimatsiyaga ëtqizilgani va uning ahvoli “barqaror” ekani aytildi.

Otasi davrida O‘zbekistonning UNESCOdagi elchisi lavozimiga tayinlangan Lola Karimova-Tillaeva jamoatchilikdan “otasi salomatligi haqida har xil mish-mishlardan tiyilish va oilaning shaxsiy hayotiga hurmat ko‘rsatishni so‘radi.

XS
SM
MD
LG