Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:24

Karimovga duoi fotiha o‘qishga kelganlarga Oqsaroy eshiklari ochildi


O‘zbekistondagi aksar yirik shaharlar va tumanlar markazlarida marhum prezident Islom Karimov ruhiga duoi fotiha o‘qilmoqda.

Shu jumladan, marhum prezident ish joyi - Oqsaroy eshiklari ham poytaxtliklar va mehmonlar uchun ochildi.

Karimov bilan vidolashuv marosimi o‘tayotgan O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida faxrli qorovul saf tortdi.

O‘zbekistondagi davlat idoralari, vazirliklar va nodavlat tashkilotlar vakillari Senat binosi ichkarisida o‘rnatilgan Karimov portreti ostiga gulchambarlar qo‘ymoqda.

O‘xshash tadbirlar yirik shaharlarda markaziy maydonlarida ham o‘tkazilmoqda.

Mamlakat bo‘ylab konsertlar va ko‘ngilochar tadbirlar bekor qilingan.

Samarqandda ko‘plab odamlar marhum Karimov qabrini ziyorat qilishga kelishmoqda.

Самарқандликлар марҳум Каримов қабрини зиëрат қилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:23 0:00

​Ozodlik mobil muxbiriga ko‘ra, sport musobaqalari ham qoldirilgan.

Barcha davlat televidenielarida asosan klassik kuylar namoyish qilinmoqda.

"Odamlarda bir ma’yuslik, g‘amginlik ruhiyati bor, - dedi Ozodlik bilan suhbatda mustaqil jurnalist Bobomurod Abdulla. - Odamlar yuzida shodu xurramlikni ko‘rmaysiz."

U poytaxt masjidlarida peshin namozidan keyin marhum prezident haqqiga duo qilinganini aytdi.

Toshkent shahar hokimligi barcha oshxona va kafelarni soat kechki 18dan keyin berkitib qo‘yishni buyurgani xabar qilinadi.

2 sentabr kuni insult natijasida hayotdan ko‘z yumgan Karimov 3 sentabrda o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan Samarqand shahrida Xo‘jai Xizr masjidi yonida shoshilinch tarzda qurilgan maqbaraga dafn etildi.

78 yoshida vafot etgan Islom Karimov janoza marosimiga dunyoning 17 davlatlari va hukumatlari rahbarlari keldi.

Dushanba kuni tushlikda Toshkent shahar hokimligi Islom Karimov xotirasi uchun osh berishi kutilmoqda.

Ozodlik mobil muxbirining aytishicha, marosimga mahallalar oqsoqollari, davlat korxonalari rahbarlari va jamoatchilik faollari taklif qilingan.

O‘zbekiston bo‘ylab uch kunlik motam e’lon qilingan.

XS
SM
MD
LG