Линклар

5 sentabr – O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan e’lon qilingan 3 kunlik motamning 3-chi kuni.

Shu kuni butun mamlakat bo‘ylab motam marosimlari, marhumni xotirlash tadbirlari davom etdi.

Toshkent. Prezident oshiga kelganlarning bir qismi ichkariga kirolmay qaytib ketdi

O‘zini Toshbek, deb tanishtirishimizni so‘ragan toshkentlik tinglovchimizning aytishicha, motamning 3- chi kuni mamlakat poytaxtining yirik to‘yxonalarida prezidentni xotirlash uchun kelganlarga osh berildi.

Andijon. Prezidentning o‘limi narx-navoga ta’sir qilmadi

Andijonlik Saidjahon Zaynobiddinovning aytishicha, shaharning markaziy maydoniga Prezidentning katta portreti o‘rnatilgan va shahar ahli o‘sha joyga gullar bilan bormoqda. “Andijonliklar Karimovning Toshkent-Andijon poezdi qatnovini qayta tiklaganidan xursand, shuning uchun yana 5 – 6 yil yashasa yaxshi bo‘lardi deyishayapti”, dedi suhbatdoshimiz.

Farg‘ona. Odamlar Islom Karimovning faqat yaxshi jihatlarini gapirayapti

Farg‘onalik Abdusalom Ergashevning aytishicha, viloyat markazidagi San’at saroyi oldi 3 kundan beri Karimovni xotirlash maydoni bo‘lib turibdi va bu yerga kelayotganlarning keti uzilmayapti.

Namangan. Odamlar jim

- O‘g‘li qamalgan ayol prezidentning vafot etgani eshitishi bilanoq “Voy, o‘g‘limni qamoqdan bo‘shatib o‘lsa bo‘lardi”, deb yubordi, dedi Namangandagi vaziyat to‘g‘risida hikoya qilar ekan, Ozodlikning sobiq muxbiri Nosir Zokir.

Navoiy. Prezident vafot etganidan buyon navoiyliklar sarosimada

Navoiylik jurnalist Dildoraning aytishicha, hamyurtlarining sarosimasi ertaga nima bo‘ladi, davlat tepasiga kim keladi, degan savollar bilan bog‘liq. Suhbatdoshimizning aytishicha, bunday sarosimaning aynan shu viloyatga xos bo‘lgan bir muhim sababi bor.

XS
SM
MD
LG