Линклар

3 sentabr kuni Samarqandda mustaqil O‘zbekistonning birinchi va hozirga qadar yagona prezidenti bo‘lib kelgan Islom Karimovning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu marosimga oid o‘zbek telekanallarining yaxshilab qaychilangan reportajlari barobarida¸ Tojikiston prezidenti va Rossiya Bosh vaziri rasmiy saytlarida Toshkentdagi senzorlar nazoratidan o‘tmagan suratlar ham chop etildi. Janoza videosi va suratlarda ko‘ringanlar kimlaru¸ ko‘rinmaganlar kimlar?

Ko‘ringanlar...

Islom Karimov mintqadagi boshqa qo‘shnilaridan farqli¸ nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lib kelgan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov¸ avvaliga Islom Karimovni "tojik xalqining otasi" deb atab¸ so‘ngra munosabatlari sovuqlashib ketgan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon¸ toliblar va IShID iskanjasida qolgan qo‘shni Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani¸ Qozog‘iston Bosh vaziri Karim Masimov¸ Qirg‘iziston Bosh vaziri Sooronboy Jeenbekov¸ qolaversa¸ MDH hukumatlari rahbarlari¸ xususan¸ Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Islom Karimov janozasiga kelgan eng yuqori martabali xorij rasmiylari bo‘ldi.

Karimov janozasiga kelgan davlat va hukumat rahbarlari.

Karimov janozasiga kelgan davlat va hukumat rahbarlari.

Turkiya hukumatini Bosh vazir o‘rinbosari tamsil qilgan bo‘lsa¸ AQSh nomidan mamlakatning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlenning Samarqandga bordi.

AQSh elchisi Pamela Spratlen birinchi oilaga ta’ziya bildirmoqda.

AQSh elchisi Pamela Spratlen birinchi oilaga ta’ziya bildirmoqda.

Islom Karimov janozasida uning eng uzoq yillik hamkasbi Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev qatnashmadi. Ayni paytda¸ 5 sentabr kuni paydo bo‘lgan norasmiy xabarlarga ko‘ra¸ Karimov dafn etilgan paytda iqtisodi taraqqiy qilgan yigirmalik sammitida qatnashish uchun Xitoyda bo‘lgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 6 sentabr kuni ta’ziya bildirish maqsadida Samarqandga kelishi kutilmoqda. Nursulton Nazarboevning ham¸ norasmiy manbalarga ko‘ra¸ yaqin kelajakda o‘z marhum hamkasbi qabrini ziyorat qilishi kutilmoqda.

Birinchi oila

Dmitriy Medvedev ona-qiz Karimovalarga ta’ziya bildirmoqda.

Dmitriy Medvedev ona-qiz Karimovalarga ta’ziya bildirmoqda.

​Islom Karimovning Samarqandda o‘tgan janozasi¸ rasmiy xabarda ta’kidlangan kabi¸ musulmon urf-odatlariga muvofiq o‘tdi va unda Karimovning ahli-ayoli qatnashmadi. Ammo janozaga qadar o‘tkazilgan rasmiy vidolashuv jarayonida birinchi oilaning faqat ikki vakili – marhumning rafiqasi Tat’yana Karimova va uning kenja qizi Lola Karimova-Tillaeva oilaga bildirilgan rasmiy hamdardlikni qabul qildi.

Hukumat tomonidan asosiy hassakashlar¸ yig‘lamsirab tobut ko‘targanlar Bosh vazir Shavkat Mirziyoev va uning birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov bo‘ldi.

Tobutkashlar old safida Bosh vazir Shavkat Mirziyoev va uning birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov bo‘ldi

Tobutkashlar old safida Bosh vazir Shavkat Mirziyoev va uning birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov bo‘ldi

Ayni paytda¸ birinchi qatordagi azador rasmiylar safida prezident ma’muriyati rahbari Zelimxon Haydarov¸ konstitutsiyaning 96-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev¸ Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovlar ko‘rindi.

Karimovsiz O‘zbekistonni bosharayotgan guruh - (o‘ngdan chapga) Shavkat Mirziyoev¸ Zelimxon Haydarov¸ Rustam Azimov¸Nurdinjon Mo‘ydinov va Nig‘matulla Yo‘ldoshevlar.

Karimovsiz O‘zbekistonni bosharayotgan guruh - (o‘ngdan chapga) Shavkat Mirziyoev¸ Zelimxon Haydarov¸ Rustam Azimov¸Nurdinjon Mo‘ydinov va Nig‘matulla Yo‘ldoshevlar.

Ko‘rinmaganlar.....

2013 yilga qadar otasining vorisi ko‘rilgan Gulnora Karimovaning hozirda qaerda ekani sir saqlanmoqda.

2013 yilga qadar otasining vorisi ko‘rilgan Gulnora Karimovaning hozirda qaerda ekani sir saqlanmoqda.

2013 yilga qadar Karimovning erka malikasi va vorisi deb ko‘rilgan Gulnora Karimova¸ uning 23 yashar o‘g‘li Islom va 18 yoshga kirgan qizi Imon vidolashuvda ko‘rinmadi. Ozodlik manbalariga ko‘ra¸ na Gulnora va na uning farzandlari Samarqandga kelmagan. Gulnoraning qaerda ekani qattiq sir saqlanmoqda – ayrimlar uning otasi o‘limiga qadar xorijga davolanishga olib chiqilganini aytsa¸ boshqalar¸ "ruhiy jihatdan nobarqaror" bo‘lib qolgan to‘ng‘ich qizning O‘zbekistonda uy qamog‘ida¸ qattiq nazorat ostida saqlanaëtganini aytmoqda.

Onasi bobosi qahriga uchragan 2013 yildan o‘troqlashgan kichik Islom Karimovning xorijdan kelmagani aytilmoqda.

Gulnora Karimovaning 23 yashar o‘g‘li Islomning Londondan kelmagani aytilmoqda.

Gulnora Karimovaning 23 yashar o‘g‘li Islomning Londondan kelmagani aytilmoqda.

Vidolashuv va janoza marosimida jamoatchilikka ko‘rinmagan oilaning yana bir taniqli vakili Lola Karimovaning eri Timur Tillaevdir. Islom Karimov o‘limidan so‘ng Timur Tillaevning na Toshkent va na Samarqandda ko‘rilmagani aytilmoqda.Lola Karima-Tillaeva otasining kasali haqida ëzganda o‘z oilasining prezident-otaga yaqinligini ko‘rsatuvchi ushbu suratni ilova qilgan edi.

Janozaga kelmagan o‘g‘il

Islom Karimovning jamoatchilikka uncha ma’lum bo‘lmagan birinchi xotini Natalya Petrovna Kuchmi bilan Pyotr ismlik o‘g‘li bor. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Botanika institutida ilmiy xodim bo‘lib ishlagan Natalya Petrovna bilan turmushi 1969 yilda buzilgan Islom Karimovning o‘g‘li Petr hozirda 50 yoshda va Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ 90-yillardan beri asosan Moskvada yashaydi.

Diplomat va jurnalist Alisher Taksanov kursdosh do‘sti Petr Karimov (o‘ngda) bilan 1997 yilning 9 may kuni Moskvada.

Diplomat va jurnalist Alisher Taksanov kursdosh do‘sti Petr Karimov (o‘ngda) bilan 1997 yilning 9 may kuni Moskvada.

1983-88 yillarda Petr Karimov bilan Toshkent Xalq xo‘jaligi institutida birga o‘qigan Alisher Taksanov¸ keyinchalik Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasining 2-kotibi lavozimida ishlagan paytida yaqin aloqada bo‘lgan.

Ozodlik bilan suhbatda Taksanov¸ o‘g‘ilning ota janozasida ko‘rinmagani o‘zida taajjub uyg‘otganini yashirmaydi.

- Pyotrni¸ aftidan¸ janozaga qo‘yishmadi. U bir Toshkentga borib¸ moliya sohasida ishlab ham yurdi. Lekin muqim yashash joyi Moskva va bilishimcha¸ oila qilmagan. Otasi o‘g‘lini butunlay tashlab qo‘ydi¸ deb bo‘lmaydi. Orada O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki raisining Moskvadagi o‘rinbosari bo‘lib ishladi. Toshkentga olib kelib¸ Moliya vaziri qilish urinishlari ham bo‘ldi. Lekin nimadir o‘xshamadi va Petr Moskvaga qaytib ketdi. O‘gay singillarini tan olgan ham emas¸ ular bilan aloqa ham qilmagan. Imkon berilsa¸ O‘zbekiston uchun yaxshi ishlar qilishga aqli etadigan kamtar yigit Petr¸ deydi Alisher Taksanov.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon O‘zbekiston MXX raisi general Rustam Inoyatovga ta’ziya bildirmoqda.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon O‘zbekiston MXX raisi general Rustam Inoyatovga ta’ziya bildirmoqda.

Islom Karimovning Registon maydonidagi janozasida jamoatchilikka ko‘rinmagan (balki maxsus ko‘rsatilmagan) shaxslardan yana biri Islom Karimovning shaxsiy va siyosiy hayoti xavfsizligini ta’minlab kelgan Milliy xavfsizlik xizmatining 21 yildan beri o‘zgarmas raisi Rustam Inoyatovdir. Ayni paytda¸ Tojikiston prezidenti matbuot xizmati e’lon qilgan suratlardan¸ Rustam Inoyatovning vidolashuv marosimida xorij rasmiylaridan ta’ziya qabul qilaëtgani ko‘riladi. O‘zbekiston telekanallari bamoyish qilgan reportajda ham Rustam Inoyatovning dafn komissiyasi rais va boshqa a’zolari safida birinchi oilaga ta’ziya bildirgani¸ so‘ngra Islom Karimov surati oldida ta’zim qilgani ko‘riladi. Tahlilchilarga ko‘ra bu videotasvir¸ Karimov 27 avgust kuni behush yiqilganidan beri O‘zbekistondagi hokimiyat uchun da’vogar guruh va shaxlarni muvozanatda ushlab turgani aytilaëtgan Rustam Inoyatovning MXX raisi sifatidagi 21 yillik faoliyati davomida o‘zbekistonliklarga ko‘rsatilgan sanoqli va noyob kadrlardan biridir.

Beli belbog‘lik azadorlar kim?

O‘zbekiston telekanallari namoyish etayotgan janozaga oid reportajlarda xorij rasmiylari va O‘zbekiston hukumati rahbarlari bilan oldingi safda o‘zbekcha urfga ko‘ra¸ chopon qiyib¸ beliga qiyiq bog‘lagan azador yaqinlar (hassasiz hassakashlar) ham ko‘rinadi.

Hassakash jiyanlar - Ozodlik suhbatdoshlari ta’kidicha¸ (o‘ngdan chapga) Bahodir Karimov¸ Sirojiddin Nuriddinov¸ Azim Omonullaev va Firdavs Karimovlar.

Hassakash jiyanlar - Ozodlik suhbatdoshlari ta’kidicha¸ (o‘ngdan chapga) Bahodir Karimov¸ Sirojiddin Nuriddinov¸ Azim Omonullaev va Firdavs Karimovlar.

Ozodlik muxbiri Samarqanddagi Karimovlar oilasini yaxshi bilan qator manbalar yordamida¸ ularning marhum prezident jiyanlari ekanini aniqladi.

Boshi ochiq¸ oq sochlik jiyan¸ Ozodlik suhbatdoshlariga ko‘ra¸ samarqandliklar orasida yaxshi tanilgan Azim Karimovich Omonullaev bo‘ladi:

- Bu odam prezidentning Samarqanddagi qarindoshlari orasida Karimovga nisbatan yaqini¸ u bilan oxirigacha bordi-keldi qilib turgan jiyan edi. O‘tmishda Samarqand viloyati Matlubot jamiyati raisi bo‘lgan Azim aka¸ bu yaqinlikni ko‘p ham yashirmas edi¸ dedi Ozodlik suhbatlashgan samarqandliklardan biri.

Janozadagi prezident oila a’zolarini tanigan samarqandliklardan biriga ko‘ra¸ uning yonida belini boylab¸ ancha motamsaro qiyofada turgan oq-sariqdan kelgan do‘ngpeshona shaxs Islom Karimovning yana bir jiyani Sirojiddin Nuriddinovdir:

Karimovning Moskvada o‘g‘li borligini eshitganlar¸ Azim Omonullaevning yonidagi oq-sariqdan kelgan odamni Petr Karimov deb taxmin qilishdi. Ozodlik manbalari uning¸ jinyanlardan biri "Siroj" deb atashdi.

- Siroj Nuriddin akaning o‘g‘li¸ oshpazlik qiladi¸ Samarqandda restorani bor. Uning otasi Karimovning o‘gay tog‘asi bo‘ladi. Samarqandda Karimovning urug‘idanman¸ deydiganlar ko‘p. Karimov ularning boshini ko‘p ham silagani yo‘q. Lekin janozani uyushtirganlar ulardan ayrimlarini marosimga qo‘ydi¸ qanchasi chetda qoldi¸ deydi dafn marosimini kuzatgan Karimov mahalladoshlaridan biri.

Chap tomondan birinchi jiyanning Firdavs¸ o‘ng tomondagisining esa¸ Bahodir Karimov ekani aytilmoqda.

Chap tomondan birinchi jiyanning Firdavs¸ o‘ng tomondagisining esa¸ Bahodir Karimov ekani aytilmoqda.

Hukumat rahbarlari va xorij rasmiylari bilan birinchi safda turgan azador Karimovlardan yana ikkitasini Ozodlik manbalari¸ uning akasi Ibod Karimovning o‘g‘li Bahodir Karimov va ukasining o‘g‘li Firdavs Karimov sifatida tanishdi.

XS
SM
MD
LG