Линклар

Taniqli xonanda, O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston parlamentining eks-deputati Yulduz Usmonova “aziz yurtdoshlari, uzoq-yaqinlari va xalqiga” qilgan videomurojaatida muxolifatchilarni xalq uchun emas, kreslo uchun kurashayotganlikda aybladi.

Prezident Karimovning vafotidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videmurojaatida Yulduz Usmonova muxolifatchilarni ayblar ekan, konkret ism keltirmagan, lekin videomurojaatdagi ba’zi bayonotlar gap quvg‘indagi “Erk” demokratik partiyasi lideri, O‘zbekiston xalq harakati raisi, shoir Muhammad Solih haqida bormoqda, deb o‘ylashga asos beradi.

Yulduz Usmonovaning videomurojaatidan paydo bo‘lgan ba’zi savollarga Muhammad Solih javob berdi.

Birozdan so‘ng videomurojaat mazmuni va Muhammad Solihning javoblari bilan tanishishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG