Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:43

Karimov xudoyisi xarajatlari tadbirkorlar zimmasiga yuklatilyapti


Marhum Islom Karimov xotirasiga berilgan oshga kirish uchun to‘polon
Marhum Islom Karimov xotirasiga berilgan oshga kirish uchun to‘polon

O‘zbekiston marhum prezidenti Islom Karimov xudoyilarini o‘tkazish xarajatlari mahalliy tadbirkorlar, byudjet tashkilotlari rahbar va ishchilarining zimmasiga yuklatilmoqda. Ozodlik manbalariga ko‘ra, mahalliy hokimlar har bir mahalla va qishloqda navbati bilan xudoyi o‘tkazishni buyurgan. Katta shaharlarda o‘tkazilgan xudoyilarga juda ko‘p odam kelgani bois, hammaga ham osh yetmay qolyapti.

O‘zbekistonda so‘nggi to‘rt kunda marhum O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovni xotirlash marosimlari o‘tkazilmoqda.

"Ахборот" Каримов хотирасига берилган эҳсон ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:54 0:00

Marhum haqiga berilayotgan bu xudoyilarning xarajati mahalliy tadbirkorlar zimmasiga yuklatilayotgani haqida Ozodlikning bir-biridan mustaqil bir necha manbalari xabar qildi.

Ismi sir qolishini so‘ragan toshkentlik bog‘cha mudiralaridan birining yozishicha, ularga ham xudoyi uchun pul yig‘ib berish majburiyati yuklangan:

“To‘yxonalarda osh qilib berish uchun baloga qolgan yana byudjet tashkilotlari xodimlari bo‘ldi. Prezidentning yettisi, yigirmasi uchun pul yig‘ib berishimiz kerak ekan. Prezident tirikligida ham yig‘di-yig‘dilar bor edi, u o‘lgandan so‘ng yana davom etyapti. Majburiy yig‘ilgan bu pullardan marhumga qanchalik savob yetar ekan, bilmadim”, deydi bog‘cha mudiralaridan biri.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Toshkent shahrida prezidentga atalgan xudoyilarga juda ham ko‘p odam kelganligi, ba’zi holatlarda esa odamlar qaytarib yuborilgani haqida yozdilar.

Tadbirlar o‘tkazilgan ba’zi to‘yxonalarda esa odamlar juda ham tirband bo‘lgani, tashkilotchilar odamlarni tartibga chaqirayotgani aks etgan videolavhalar paydo bo‘ldi.

Ислом Каримов хотирасига берилган ошдаги навбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:16 0:00

Samarqand shahrida ham mahallalar aholisidan va tadbirkorlardan pul yig‘ilgani haqida ismi oshkor etilmasligini so‘ragan o‘qituvchilardan biri aytdi:

“Shahar hokimining topshirig‘i bilan mahallalarda navbati bilan xudoyi qilish belgilangan. Bizning mahallamizga 10 sentabr kuni navbat yetar ekan. Mahalla raisimiz, kim qanchaga kuchi yetsa bersin, dedi. Kimdir o‘n ming, kimdir yuz ming so‘m berdi. Bundan tashqari Samarqandda hozir xususiy tadbirkorlar juda ham ko‘p. Hokim o‘shalardan xudoyiga pul yig‘ishni buyuribdi. Buni mebel ishlab chiqaradigan tadbirkor tanishim aytdi”, dedi o‘qituvchi.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, Islom Karimov xotirasi uchun berilayotgan xudoyilar ommaviy paxta terimi boshlangunga qadar davom etadi.

XS
SM
MD
LG