Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:49

Vashington O‘zbekiston munosabatlar barqarorligi tarafdori ekanligini aytmoqda


AQSh ning yuqori mulozimli diplomati gapiga qaraganda, O‘zbekiston Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan barqaror munosabatlarni qo‘llab-quvvatlamoqchi, vaholanki u mustaqilikka erishilganidan keyin rahbariyatning birinchi bor almashishi bosqichidan o‘tayotgan bo‘lsa ham.

AQSh Davlat departamentidagi Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha Davlat kotibi yordamchisining o‘rinbosari Deniel Rozenblyum O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan keyin bayonot bilan chiqdi.

"Komilov bilan bo‘lgan uchrashuvim vaqtida u ikki tomonlama munosabatlarda barqarorlikka erishish borasida kuchli istagi borligini izhor qildi, shuning uchun men uning gaplariga muhim xabar sifatida qaradim ", – dedi Rozenblyum.

Bu AQSh diplomatining prezident Islom Karimovning o‘tgan haftadagi vafotidan keyingi birinchi tashrifidir. "Men prezident Karimovning vafoti munosabati bilan o‘z ta’ziyamni bildirmoqchiman, shuningdek O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga nisbatan bizning o‘zgarmas sodiqligimizni ko‘rsatmoqchiman ", – deb xabar qildi jurnalistlarga Rozenblyum.

Shuningdek u shunday dedi: "Birorta mamlakatning rahbariyatidagi har qanday o‘zgarish murakkablik keltirib chiqarishini biz bilamiz, biroq bunday o‘tish davrlari mamlakatlar uchun bir-biriga moslashuv va aloqalarni mustahkamlash yo‘llarini topish imkoniyatini beradi».

XS
SM
MD
LG