Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:11

Moskvada Islom Karimovga haykal o‘rnatish kerakmi?


Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi
Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi

Moskvada O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning haykali o‘rnatilishi mumkin.

Bu haqda Ozodlik radiosiga Moskva shahar Dumasining madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha kommisiyasi raisi Yevgeniy Gerasimov ma’lum qildi.

"Agar o‘zbek rahbariyati Moskvada Islom Karimovga haykal o‘rnatish taklifi bilan chiqsa, O‘zbekiston elchixonasi yaqinida haykal o‘rnatish uchun joy ajratishimiz mumkin,"- dedi Yevgeniy Gerasimov.

Shu paytga qadar Rossiya poytaxtida o‘zbek adabiyoti asoschisi hazrat Alisher Navoiyga qo‘yilgan haykal O‘zbekistonga bog‘liq yagona yodgorlik sanaladi.

O‘z navbatda, Islom Karimovga Moskvada haykal o‘rnatish masalasida rasmiylardan farqli o‘laroq, rossiyaliklarda yakdillik yo‘q.

Moskva shahar Dumasining madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha kommisiyasi raisi Yevgeniy Gerasimovning fikricha, Islom Karimov Rossiya va O‘zbekiston munosibatlarining rivojlanishi yo‘lida ko‘p xizmat qilgan.

Shu bois, Gerasimovning ishonishicha, O‘zbekiston birinchi prezidentiga Moskvada haykal o‘rnatilishi, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida bo‘lajak munosibatlarning yaxshi tomonga rivojlanishiga xizmat qiladi.

"Avvalo ushbu fojeaga (Ozodlik izohi: Islom Karimovning vafotiga) meni munosibatim haqida so‘rashdi. Men bu nafaqat o‘zbek xalqi, balki Rossiya xalqi uchun ham fojia ekanini aytdim. Islom Karimov o‘z vatani uchun ko‘p xizmat qildi. Uning say harakati tufayli nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikka erishildi. Bugungi kunda ham Islom Karimov tufayli erishilgan yutuqlarni davom ettirish juda muhimdir. Agar, Islom Karimov nomini abadiylashtirish masalasida O‘zbekiston rahbariyati Moskva hukumatiga murojaat qilsa, Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi yaqinida haykal uchun joy ajratish mumkin", - dedi Yevgeniy Gerasimov Ozodlik bilan so‘hbatda.

Москвада Ислом Каримовга ҳайкал қўйилиши керакми?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:45 0:00

Ammo, Moskva shahar monumental san’ati bo‘yicha kommissiya rahbari Igor Voskresenskiy fikricha, Karimov haykalini qaerga o‘rnatish masalasi moskvaliklar va o‘zbek jamoatchiligi tomonidan muhokama etilishi kerak.

"Moskvaning Serpuxov maydonida o‘zbek hokimiyati va haykaltaroshlari tomonidan o‘rnatilgan buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy haykali mavjud. Bizda Navoiy asarlariga bog‘lik bo‘lgan an’ana ham bor. Islom Karimov haykali masalasiga kelsak, bu - davlat darajasidagi masala. Biz ushbu masalani muhokama etishga tayyormiz” - dedi Igor Voskresenskiy.

Moskva ko‘chalarida Ozodlik “Rossiya poytaxtida Islom Karimovga haykal o‘rnatish kerakmi?” degan savol bilan Rossiya vatandoshlariga murojaat qildi.

Metro tashqarisida gazeta sotayotgan keksa ayol haykalning qo‘yilishiga qarshi emasligini aytdi.

Islam Karimov o‘z vatani uchun xizmat qildi. U - mashhur inson. Ukraina prezidentidan farqli o‘laroq, Rossiya bilan aloqalarni buzmadi,” - dedi gazeta sotuvchisi.

O‘zini Ivan deb tanishtirgan yigit esa gazeta sotuvchi ayol fikrlariga qo‘shilmasligini aytdi.

Bu yerga Karimov haykalining keragi yo‘q. Moskvada emas, O‘zbekistonda qancha xohlashsa, haykal qo‘yaverishsin,” - dedi Ivan.

Mikrofonga gapirishni istamagan suhbatdoshlardan biri esa: “Islom Karimov Shimoliy Koreya liderlari bilan bir pog‘onada turadi. XXI- asrda bunday rejimlarni qo‘llab-quvvatlashga asos yo‘q,” - dedi.

Moskva jamoatchiligi orasida taniqli davlat arboblariga haykal o‘rnatilishi so‘ngi yillarda turli bahsu- mnozaralarga turtki bo‘lganini kuzatish mumkin.

Kuzatuvchilar fikriga ko‘ra, Islom Karimovga haykal o‘rnatilishi bunday bahslardan holi bo‘lmasligi mumkin.

2005-2006 yillarda Ozarbayjon sobiq rahbari Haydar Alievga Moskvada haykal o‘rnatish rejasi qator norozilik namoishlariga sahna bo‘lgandi.

XS
SM
MD
LG