Линклар

O‘zbekistondagi Yoshlar telekanali 5 sentabr kuni “Kuch adolatda” degan hujjatli filmni namoyish qildi. Filmda Vladimir Putin oid bo‘lgan Sovet havfsizlik qo‘mitasi KGB raisi Yuriy Andropov 1983 yildan keyin O‘zbekistonda “Paxta ishi “ nomi bilan mashxur bo‘lgan ommaviy qamoqqa olishlar tanqid qilinadi. Rossiya prezidenti Putin kelishidan bir kun oldin namoyish qilingan film Sovet tuzumi davrida o‘zbeklar yomon yashagani va aynan Andropov davrida O‘zbekistonda ruslashtirish siyosatiga qayta start berilganini tasvirlaydi.

Ruslardan masofalanish ishorati

Film O‘zbekistonda adolatni “markazdan chaqirilgan rus kadrlar emas balki milliy kadr Islom Karimov ta’min qildi” degan mujda ustiga qurilgan.

O‘z-TVdagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ ilgari ruslashtirish siyosati haqida bunday kino namoyishiga rag‘bat bo‘lmagan:

- Bugun O‘zbekistonda safarda bo‘lgan Putin KGB raisi Andropov qo‘lida ishlagan¸ o‘zini unga shogird deb biladi. Biz suratga olgan kino esa Andropov tanqidi bilan boshlanadi. Qolaversa filmda Sovet Ittifoqining ruslashtirish siyosatiga kuchli tanqid bor. Ilgari sal ehtiyot bo‘lardik bunday kinoni Rossiya davlati rahbari kelganida efirga berishga. Bu safar aksincha tez-tez bo‘linglar deb bizni shoshirishdi deydi manba.

Filmda 1989 yilgacha O‘zbekistonni boshqargan rahbarlar In’omjon Usmonxo‘jaev va Rafiq Nishonovlar milliy kadrlarni kamsitib O‘zbekistonni saviyasiz rus kadrlari bilan to‘ldirganligi aytiladi:

“O‘sha paytdagi respublika rahbarlarining qat’iyatsizligi, qo‘rqoqligi sabab: biri go‘yo O‘zbekistonda tartib o‘rnatish uchun Rossiyadan kadr so‘radi, ikkinchisi baland minbardan turib O‘zbekistonni boqimandaga chiqardi” deyiladi filmda.

Nishonda Nishonov

Kino SSSR davrida Gdlyan va Ivanov boshliq emissarlar guruhi respublikadagi turli sohalarda ishlayotgan bir necha minglab rahbar xodimlarni tergov jarayoniga tortganiga asosiy aybdorlardan biri sifatida Karimovdan oldin respublika rahbari bo‘lgan Rafiq Nishonovni nishonga oladi:

“Sobiq markazga Nishonovga o‘xshagan itoatgo‘y¸ mustaqil fikrga ega bo‘lmagan rahbar kerak edi. Nishonov davrida 25 ming kishi jazoga tortildi va qatag‘on kuchaydi” - deya iddao qilinadi filmda.

Ozodlik hozir Moskvada yashaëtgan Rafiq Nishonov bilan bog‘lanib bu iddao yuzasidan izoh so‘radi.

“Bu endi ahmoqlik. Ahmoqona gap. Hatto izoh berishimga ham arzimaydigan ahmoqona gap dedi Rafiq Nishonov.

Yangi davr alomati: Karimovni ulug‘lab Rossiyadan uzoqlashish?

O‘z-TVdagi Ozodlik manbasining aytishicha bu fil’m O‘zbekistonning marhum rahbari Islom Karimovni ulug‘lashga va Rossiyadan masofalanish ishoratini berishni maqsad qilgan:

-Bu yangi holat. Ilgari O‘z TV Karimov shahsini ulug‘lash haqida bunaqa katta filmga buyurtma olmagan. Shu ma’noda bu ilk qadam. Ikkinchidan ruslarni tarixda bo‘lsa ham salbiy qilib ko‘rsatish¸ SSSR bilan hozirgi O‘zbekistonni solishtirish kabi holatlarga yo‘l qo‘yilmagan. Hatto “Abdullajon”¸ “Qo‘rg‘oshin” kabi kinolardagi ruslarga qarshi deb bilingan tasvirlar kesilgan edi. Negadir bu safar Karimov bizni ruslardan qutqardi degan ochiq ishorali kinoni efirga uzatishga buyruq berishdi¸ deydi jurnalist.

Islom Karimovning janoza marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev “Qiyin damlarda O‘zbekistonni sovetlardan qutqargan Karimov jasorati” haqida ta’kidlagan edi.

XS
SM
MD
LG