Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:22

Karimov haqiga fotiha o‘qish uchun yo‘lga chiqqan Husan bobo bugun Jizzaxga yetadi


Husan Hojiboev Samarqandga qarab Namangan viloyati Chortoq tumanidagi Koroson qishlog‘idan yo‘lga chiqqan.
Husan Hojiboev Samarqandga qarab Namangan viloyati Chortoq tumanidagi Koroson qishlog‘idan yo‘lga chiqqan.

Prezident Karimovning qabri ustida marhumning haqiga fotiha o‘qish uchun 5 sentabr erta tongda velesipedda yo‘lga chiqqan 75 yashar pensioner Husan Hojiboev bilan Ozodlik 7 sentabr, Toshkent vaqti bilan kech soat 6 da yana bog‘landi.

Namangan viloyati Chortoq tumanidagi Koroson qishlog‘idan yo‘lga chiqqan otaxon Ozodlik bog‘langan daqiqalarda Guliston bilan Jizzaxning o‘rtasida ketayotgani ma’lum bo‘ldi.

Husan Hojiboevning ziyorati to‘g‘risidagi Ozodlik xabarini o‘nlab Internet nashrlar ko‘chirib bosganidan so‘ng, korosonlik oqsoqol mashhur bo‘lib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa, bir guruh entuziastlar pul yig‘ib u kishiga yangi velosiped olib berish tashabbusini ko‘tardi.

7 sentabr kungi muloqot chog‘ida Ozodlik Husan Hojiboevga yangi velosiped to‘g‘risidagi xabarni yetkazarkan, u kishining bu yangilikka munosabatini ham so‘radi...

Каримов ҳақига фотиҳа ўқиш учун йўлга чиққан Ҳусан бобо билан иккинчи суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:01 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG