Линклар

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbeklar faol bo‘lgan qismida rasmiy Toshkent ko‘z qarashini ifoda qiladigan trollar ( internet fitnakorlari) sonining sezilarli oshgani kuzatildi.

Londondagi Sharq va Afrika tadqiqotlari markazining O‘zbekiston bo‘yicha tahlilchisi Alisher Ilxomov ta’kidicha¸ O‘zbekiston prezidentining kasal bo‘lishi va o‘limi fonida ayniqsa¸ o‘zini vatanparvar qilib ko‘rsataëtgan troll va “patriot bloggerlar” faolligi oshgan.

Ozodlik tasarrufidagi ma’lumotlarga ko‘ra¸ bu kabi “blogger” lar ba’zan haq¸ ba’zan imtiëz evaziga faoliyat yuritmoqda.

"Ularning asosiy vazifasi ijtimoiy tarmoqlarda xorijdagi o‘zbek tillik ommaviy axborot vositalari¸ inson huquqlari faollari va G‘arb davlatlarini so‘kish, O‘zbekiston hukumati va marhum Karimovni maqtashdan iborat"¸ deydi trollar haqidagi tadqiqot muallifi Viktor Reznikov Ozodlik bilan suhbatda.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ ayni shunday vazifa olgan “bloggerlar” dunyoning ilg‘or axborot agentliklari sahifalarida "o‘z fikrlarini" qoldirishadi; ularning Twitter, Livejournal va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab hisoblari bor.

Markaziy Osiyoda inson huquqlari assotsiatsiyasi rahbari Nadejda Otaeva Karimov o‘lgan kuni ikki daqiqa “"Yevronyus"” kanalida chiqish qilganidan keyin o‘zbek “trollarining uyushgan hujumiga” duch kelganini aytadi:

- Keyingi kunlarda “Karimov patriotlari” meni la’natu ahdidlarga ko‘mib tashlashdi. "Seni o‘ldiramiz"¸ deganlar qancha. Bu mening ommaviy axborot vositalariga bergan suhbatimga reaksiya bo‘ldi. "Yevronyus" efiridagi ikki daqiqa shu qadar ta’sirli bo‘ldiki¸ vatanimda dahxol meni eslab qolishdi. Hozir meni samosud qilishmoqda. Birovlari meni o‘ldirish kerakligini aytsa¸ yana birovlar meni “vatan xoini” deb tamg‘alashdi. Meni fohisha deyishdi¸ uyat gaplar bilan so‘kishdi. Bu g‘azabnok olomon mening nomimdan feyk sahifalar ochib¸ shaxsimni obro‘sizlantirish uchun jiddiy harakat qilishmoqda.¸ deydi Otaeva.

Londondagi Sharq va Afrika tadqiqotlari markazining O‘zbekiston bo‘yicha tahlilchisi Alisher Ilhomov trollarning tajovuzlari ortida kim turganligini o‘rganishga harakat qildi.

Ilhomov tasarrufidagi materiallarda trollar orkestriga dirijerlik qilaëtgan O‘zbekistondagi piar shirkati va ko‘ngilochar sayt egasi turgani aks etadi.

Aybsizlik prezumpsiyasiga ko‘ra ismi ochiqlanmayotgan bu shaxslar¸ Ilhomovga ko‘ra¸ siyosiy faollar¸ jurnalist va huquq faollarini kamsitish uchun keyingi bir hafta mobaynida katta ishlar qilgan:

- Xalq o‘z prezidentini sevadi¸ degan afsonaga bizni ishontirishga urinishmoqda.Bunga ishonmaganlar kamsitilmoqda. Bu ma’rakada hukumatning ham tashkilotchilik ulushi bor. Yuzlab trollning oylik evaziga tarmoqlarda ijtimoiy fikr yaratganiga oid amaliyotni Rossiya misolidan bilamiz. Hukumat yoki hukumatga yaqin fondlar bu trollarni moliyalaganini ham bilamiz. "O‘zbeklar o‘z yurtboshisini sevishga safarbar" degan hikoyani yaratish “Kamolot” va “Mahalla “jamg‘armasi kabi tashkilotlardan talab qilinganini ham bilamiz. Bu muqobil axborot yo‘q joyda ommaviy propaganda bilan miyalarni yuvish jarayonidir¸ deydi Ilhomov.

O‘zbekistondagi ko‘ngilochar saytlardan birining jurnalisti shaxsi ochiqlanmasligi sharti bilan o‘zining trolllik faoliyatiga oid tafsilotlarni gapirib berdi:

- Men turizm idorasi bilan hamkorlikda sayohatnoma tarzidagi bloglarni yozib turaman. Ishim yaxshi yurishib ketishi evaziga men MXX tavsiya qilgan maqolalarga izoh yozishim kerak. Izohlar mazmuni¸ asosan¸ “tinch haëtimizni ko‘ra olmagan kalamushlar” deb boshlanadi. Balki ko‘zingiz tushgandir. Buning uchun haq olmayman. Turizm shirkatidagi ishlarimga yashil chiroq yoqiladi. Boshqa paytlarda shou-biznes¸ sayohatlar va ovqat pishirish kabi boshqa mavzularda ham yozib turaman¸ deydi suhbatdosh.

Ba’zi ekspertlarga ko‘ra, O‘zbekistonga trollar armiyasi kerak emas.

Chunki O‘zbekistonda jamoatchilik fikrini internet emas, televidenie o‘zgartiradi.

Ammo trollar bo‘yicha tadqiqot olib borgan Viktor Reznikovning Ozodlikka aytishicha, trollarning maqsadi odamlarni nimagadir ishontirish emas, balki ularning mavjud vaziyat haqidagi fikr-qarashlarini butunlay chalkashtirib qo‘yishdir.

XS
SM
MD
LG