Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:15

Bosh vazir Shavkat Mirziyoev konstitutsiyaga zid tarzda muvaqqat prezident bo‘ldi


Shavkat Mirziyoev Rossiya prezidenti Putin Samarqandga kelib ketishidan bir kun o‘tib¸ muvaqqat prezident deb e’lon qilindi.
Shavkat Mirziyoev Rossiya prezidenti Putin Samarqandga kelib ketishidan bir kun o‘tib¸ muvaqqat prezident deb e’lon qilindi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 8 sentabr kuni o‘tkazilgan qo‘shma yig‘ilishida mamlakat prezidenti vazifasini vaqtincha bajarish vakolati konstitutsiyada ko‘zda tutilgani kabi Senat raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshevga emas¸ Bosh vazir Shavkat Mirziyoevga topshirildi.

Мирзиëев президентликни қабул қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:12 0:00

Bu haqda O‘zbekiston hukumati rasmiy portalida quyidagicha izoh berildi:

"Qo‘shma majlis davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.T.Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoevning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida rahbarlik lavozimlaridagi ko‘p yillik tajribasini, aholi o‘rtasidagi hurmat-e’tiborini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifa va vakolatlarini bajarishni uning zimmasiga vaqtincha yuklash maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi taklif bilan murojaat qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.T.Yo‘ldoshevning mazkur taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi tomonidan ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilindi.

Siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlari, deputatlar va senatorlar hozirgi sharoitda barqarorlikni saqlash, jamoat xavfsizligini va huquq-tartibotni ta’minlash, mamlakatni rivojlantirishning eng muhim siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini samarali hal etish zarurligini e’tiborga olib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.T.Yo‘ldoshevning taklifini qo‘llab-quvvatladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarishni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoev zimmasiga vaqtincha yuklash to‘g‘risida qo‘shma qaror qabul qildi".

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 96-moddasiga binoan, “prezident o‘z vazifalarini bajara olmay qolgan vaziyatda, uning majburiyatlari vaqtincha Oliy Majlis Senati raisi zimmasiga yuklatiladi va uch oy ichida "O‘zbekiston Respublikasi prezidentini saylash" to‘g‘risidagi qonunga to‘liq muvofiq ravishda prezident saylovi o‘tkaziladi".

Bunday harakat bilan O‘zbekiston parlamenti va Bosh vaziri nafaqat O‘zbekiston Konstitutsiyasining 96-moddasi¸ balki O‘zbekiston marhum prezidenti va dafn marosimida o‘zi "millat otasi" deb atagan Islom Karimovning 2010 yil 12 noyabr kuni Oliy Majlis qo‘shma yig‘ilishida keskin tarzda qo‘ygan talabini buzdi.

Каримов Конституциянинг 96-моддасига киритган ўзгартиш Мирзиëев томонидан бузилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:35 0:00

O‘zbekiston konstitutsiyasi bunday vaziyatda prezident vakolatlarining kimga¸ qany tartibda o‘tishini aniq-tiniq belgilab bergani va bunday takliflar kiritish uchun qonuniy asos bermagani uchun kuzatuvchilar Shavkat Mirziyoevning muvaqqat prezident etib tayinlanishini O‘zbekiston konstitutsiyasiga zid harakat deb baholamoqdalar.

Parlament ikkala palatasining qo‘shma majlisida shuningdek O‘zbekiston Markaziy Saylov komissiyasiga uch oy ichida mamlakatda muddatidan avval prezident saylovi o‘tkazish uchun tayyorgarlik boshlash bo‘yicha topshiriq berilgan.

1957 yilda tug‘ilgan Shavkat Mirziyoev Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya institutini tugatgan. Hokimiyat pillapoyalaridan ko‘tarilishni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi lavozimidan boshlab¸ so‘ngra Jizzax va Samarqand viloyati hokimi bo‘lib ishlagan. 2003 yildan beri O‘zbekiston Bosh vaziri lavozimida ishlab kelgan.

Toshkent mamlakatning birinchi prezidenti o‘limini e’lon qilgan 2 sentabr kuni Mirziyoev Karimovni dafn qilish bo‘yicha tashkil etilgan davlat komissiyasi raisligiga tayinlandi.

Aksar kuzatuvchilar¸ Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston prezidentligiga asosiy da’vogar ekanini ta’kidlamoqda.

XS
SM
MD
LG