Линклар

Shavkat Mirziyoev Islom Karimov siyosatini davom ettirmoqchi


2003 yildan beri Bosh vazir lavozimini egallab kelgan Shavkat Mirziyoev Islom Karimov o‘limiga qadar uning soyasida qolib keldi.

2003 yildan beri Bosh vazir lavozimini egallab kelgan Shavkat Mirziyoev Islom Karimov o‘limiga qadar uning soyasida qolib keldi.

8 sentabr kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasining 96-moddasida ko‘zda tutilgan Oliy Majlis Senati raisi o‘rniga mamlakat muvaqqat prezidentligini o‘z qo‘liga olgan Bosh vazir Shavkat Mirziyoev shu kuniyoq o‘zi qilmoqchi olti muhim ishni tilga oldi. Ularning barchasi¸ Mirziyoev ta’kidicha¸ Islom Karimovning “uzoqni ko‘zlagan strategiyasi”ni davom ettirishga qaratilgan.

O‘zbekiston parlamentining mamlakat Konstitutsiyasi 96-moddasini buzish orqali o‘zini muvaqqat prezident etib tayinlagan 8 sentabr kungi qo‘shma majlisiga Bosh vazir Shavkat Mirziyoev oldindan tayyorlangan yozma ma’ruza bilan keldi.

Ma’ruzaning kirish qismi¸ Islom Karimovning naqadar uzoqni ko‘zlagan¸ strategik fikrlovchi davlat arbobi ekanini madh qilishga qaratilgan bo‘lsa¸ uning asosiy qismi¸ bir necha daqiqa avval muvaqqat prezidentlikni qo‘lga olgan Bosh vazirning bundan keyin nimalar qilmoqchiligiga bag‘ishlandi.

O‘z ma’ruzasida Mirziyoev “mamlakat oldida turgan ustuvor vazifalar”dan oltitasini tilga oldi.

Bosh vazirga ko‘ra¸ mamlakat oldidagi birinchi vazifa¸ “iqtisodiy o‘sish sura’tlarini saqlab qolish”dir. Buning uchun Mirziyoev chetdan qarz olmasdan turib¸ “milliy valuta barqarorligini ta’minlamoqchi, bank tizimini mustahkamlamoqchi.

Ikkinchi ustivor vazifa¸ Bosh vazirga ko‘ra¸”nodir va qimmatbaho metallarni chuqur qayta ishlash, oziq-ovqat va kimyo sanoatini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish”dir.

O‘zbekiston (hukumati) oldida turgan uchinchi vazifani Mirziyoev “ichki ishlab chiqarishni rivojlantirish va eksportni ko‘paytirish” deb belgiladi. Ayni shu boradagi chora-tadbirlar¸ 2003 yildan beri O‘zbekiston xalq xo‘jaligini boshqarib kelgan Mirziyoevga ko‘ra¸ aholini ish bilan ta’minlash muammosini ham hal qilishga yordam beradi.

Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni himoya qilishni to‘rtinchi vazifa deb e’tirof etgan Bosh vazir¸ bu sohadagi “byurokratik to‘siqlar va asossiz tekshiruvlarni bundan keyin ham qat’iyat bilan cheklash”ini ta’kidladi.

O‘zbekiston oldida o‘z ijrosini kutayotgan beshinchi vazifa¸ Mirziyoevga muvofiq¸ aholini ish bilan ta’minlash¸ xususan kollejlarni bitirayotgan yarim millionga yaqin yoshlarni ishga joylashtirish masalasini “qattiq nazorat”ga olishdir. Bu yo‘lda Bosh vazir Islom Karimov siyosatini qat’iy davom ettirajigini alohida qo‘shib o‘tdi.

Mamlakat oldida¸ o‘z oldida turgan ustivor vazifalarning oltinchisi sifatida Mirziyoev “zamonaviy yo‘l-transport va muhandislik infratuzilmasini shakllantirish, shuningdek, milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish”ni tilga oldi.

Mirziyoev ma’ruzasi oxirida tilga olingan “jamiyatdagi demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, fuqarolik institutlari rivojlanishini qo‘llab-quvatlash, siyosiy partiyalarning obro‘-e’tibori va ta’sirini oshirish, saylovchilarning ovozi uchun raqobatni kuchaytirish” ustivor vazifalar ro‘yxatida alohida raqam bilan urg‘ulanishga loyiq ko‘rilmadi.

Ayni paytda¸ boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan O‘zbekiston oldida turgan ustivor vazifalarni sanab o‘tgan Shavkat Mirziyoev¸ bu vazifalarni qanday amalga oshirishiga izoh bermadi.

XS
SM
MD
LG