Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:57

Rossiyada andijonlik yigit qullikdan qochdi


Tula viloyati Tarus tumanidagi “Interstalь” korxonasida qullikda qariyb yarim yil ushlab turilgan o‘zbekistonlik muhojir, hujjatsiz Moskvaga qochdi. O‘zbekistonlik yigit himoya so‘rab, Rossiya huquq-tartibot organlariga murojaat qilmoqchi. Kuzatuvchilarga ko‘ra, Rossiyada qullik sharoitida ishlayotgan o‘zbeklar soni ko‘payib bormoqda.

Andijonlik Saidahmad (nomi o‘zgartirilgan) Tula viloyati Tarus tumanidagi“Interstal” korxonasida qariyb yarim yil qullik sharoitida ishlaganidan so‘ng, tanishlari yashayotgan Moskvaga qochganini Ozodlikka so‘zlab berdi.

Saidahmadning aytishicha, 50 nafardan ortiq markaziy osiyoliklar, jumladan o‘zbekistonliklar ishlaydigan korxonada muhojirlar deyarli qullik sharoitida yashashadi.

Migrantlar pasportlarini korxona egasi yig‘ib oladi. Ular korxonada ishlashadi, shu yerda qo‘yilgan vagonchiklarda yashashadi. Kecha-kunduz shu yerda, tashqariga chiqish yo‘q. Agar korxona territoriyasidan tashqariga chiqqanlar qo‘lga tushsa,jarima solinadi. Ba’zida do‘poslashadi ham. Zavod qo‘riqchilari tomonidan do‘pposlashganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Menga va’da qilgan oylikni berishmadi. Qariyb yarim yil ishladim. Oxiri korxona egasiga “mayli, pulimdan voz kechaman, pasportimni beringlar, ketaman uyga“ desam, berishmadi. Yana ishlashni talab qilishdi. Shundan keyin men qochishga majbur bo‘ldim,” deya hikoya qiladi Saidahmad.

Saidahmad ilgari surgan da’volar yuzasidan Ozodlik "Interstal" korxonasidan munosabat ololmadi.

Ammo andijonlik muhojir so‘zlarini, hozirda “Interstal” korxonasida ishlayotgan o‘zbekistonliklardan biri Ozodlikka tasdiqladi.

Korxonada qonun shunaqa - rabochiy ko‘chaga chiqmaydi. Pasportlar boshliqda turadi. Keyin oylik yil oxirida beriladi. Biror “narushenie” yo boshqa noto‘g‘ri ish qilsa, pul bermaydi. Lekin 6-7 oyda oylik berishi ham mumkin, bermasligi ham mumkin. Hech kim garantiya bermaydi bunga,” dedi hozirda korxonada ishlayotgan o‘zbekistonlik muhojir.

Biror hujjatsiz Moskvaga qochib kelgan Andijonlik muhojir mahalliy huquq himoyachilariga yokihuquq tartibot organlariga shikoyat qilmoqchi.

Moskvadagi “Migrant Mehnatkashlar Kasaba Uyushmasi” raisi Rinat Karimovning Ozodlikka aytishicha, Rossiyada qullikka ko‘pincha O‘zbekiston va Tojikiston vatandoshlari tushadi.

O‘zbekistonlik Saidahmad yo‘liqqan vaziyatni, zamonaviy qullik, to‘g‘rirog‘i yarimqullik degan bo‘lardim. Qullikdan farqi shuki, agar bir yil ishlab berishga toqati yetsa, yil oxirida ishlagan pulini olishi mumkin. Har kim ham bunday sharoitga chiday olmaydi. Saidahmadga o‘xshagan muhojirlarning o‘z maoshlarini ish beruvchiga hadya qilishlari ko‘payib bormoqda. Chunki Rossiyada inqiroz bois, aksar korxonalar, moliyaviy jihatdan juda qiyin ahvolda qolgan. Bundan tashqari muhojirlarni qullik sharoitda tutilgani mahkamada tasdiqlash o‘ta mushkul. Yana O‘zbekiston va Tojikiston vatandoshlari ko‘p hollarda ish beruvchi bilan yozma ravishda shartnoma tuzmaydi”, dedi Rinat Karimov.

Moskvadagi Migratsiya bo‘yicha Xalqaro tashkilot (MOM) ma’lumotiga ko‘ra, so‘ngi ikki hafta davomida Tver,Yoqutiston va Volgograd viloyatlaridai sh beruvchi tomonidan aldangan qariyb 70 nafar markaziy osiyolik, jumladan o‘zbekistonlik muhojirlar deyarli qullik sharoitidan qutqazilgan.

2016 yil mayida “Ozod Bo‘l” xalqaro jamg‘armasi chop qilgan hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston zamonaviy qullik turlari qo‘llanadigan mamlakatlar ichida dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi.

O‘zbekiston aholisining 3,97 foizi zamonaviy quldorchilik qurbonlaridir.

XS
SM
MD
LG