Линклар

O‘zbek parlamenti a’zolarining vaqtinchalik O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajarish vakolatlarini bosh vazirga topshirishi to‘g‘risidagi qarori qonunchilik hokimiyati va davlatning oliy qonunchilik idorasida o‘tirgan vakillarning o‘ta haqirligi va notavonligini yana bir bor namoyish etdi.

Menimcha, O‘zbekiston ikki palatali parlamentdan mutlaqo voz kechib, bir palataliga qaytishi lozim. Boz ustiga – deputatlar miqdorini ozaytirib, har bir mintaqadan beshtadan vakilni qoldirishi zarur. Tokchadagi yorongul tuvaklari vazifasini nomigagina bajarayotganlarga shuning o‘zi kifoyadir.

Natijada, davlat xalq irodasi bilan emas, prezident apparati va maxsus xizmatlar bilan kelishilgan holda chiqarilgan ma’muriy qaror asosida Oliy Majlisga kirib olgan deputatlarni boqishga sarflanayotgan milliardlab milliy valyuta pullarini tejab olish imkoniga ega bo‘lardi.

Bir savolga javob topishga ko‘maklashing: nima sababdan soliq to‘lovchi xalq o‘z cho‘ntagidan nafaqat o‘sha Nig‘matulla Yo‘ldoshev, balki o‘rnatilgan qoidaga ko‘ra, uning oila a’zolariga ham berib qo‘ilgan bitta avtomobil va shoferga haq to‘lashi kerak? Noshud parlament a’zolariga bunchalar e’tiborning nima keragi bor? Qovoqlarini chiroyli qilib osishnigina o‘rgangan xalq vakillariga pul to‘lash maqsadga muvofiq emas.

Buning hammasi bosh vazirni vaqtinchalik davlat rahbari sifatida tayinlanishi to‘g‘risidagi qarorga nisbatan aytilgani yo‘q. Mamlakatda iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni saqlab qolish nuqtai nazaridan hamda Senat raisi faqat oilasi doirasidagina xo‘jayinlik qila olishi mumkinligi inobat olinmasa, bu qarorni shoyad oqlash mumkindir. Lekin shunday rasmiyatchiliklar borki, Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan, va o‘tish davrida ularga hech bo‘lmaganda qonunchilik va odamgarchilik nuqtayi nazaridan rioya qilish lozim.

O‘sha N.Yo‘ldoshev, vaqtinchalik taxt vorisi sifatida, Sh.Mirziyoevni Senat tarkibiga kiritish tashabbusi bilan chiqib, keyin oliy palata spikeri vakolatlarini o‘zidan soqit qilishi, undan keyin esa hukumat rahbari vakolatlari saqlab qolingan bosh vazirni bu lavozimga saylashni taklif qilishi mumkin edi. Burungi KPSS Markaziy Qo‘mitasi Bosh kotibi, SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi Raisi esingizdami?

Bunday qarasang, har uchinchisi yurist, miya esa tovuqnikidan farq qilmaydi...

Sergey Yejkov

XS
SM
MD
LG