Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:37

Jahongir Muhammad: Konstitutsiya to‘ntarishi O‘zbekistonda davom etyapti


O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 8 sentabr kuni o‘tkazilgan qo‘shma yig‘ilishida mamlakat prezidenti vazifasini vaqtincha bajarish vakolati konstitutsiyada ko‘zda tutilgani kabi Senat raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshevga emas¸ Bosh vazir Shavkat Mirziyoevga topshirilgan edi. Bu qarorning huquqiy jihatdan qanchalik to‘g‘ri bo‘lgani va sessiyada so‘zga chiqqan senat raisi, huquqshunos, moliya vaziri va Bosh vazirning aytganlariga O‘zbekiston Oliy Majlisining sobiq deputati, yozuvchi Jahongir Muhammad o‘z munosabatini bildirdi.

“O‘zbekistonda Konstitutsiya to‘ntarishi davom etmoqda”

O‘zbekiston Oliy Majlisining sobiq deputati, yozuvchi Jahongir Muhammadning aytishicha, mamlakat Asosiy qonunini buzish taxtdagi va taxtni egallamoqchi bo‘lganlar uchun oddiy hol bo‘lib qoldi:

- Men O‘zbekistonda Konstitutsiya to‘ntarishi bo‘ldi, degan gapga qarshiman. Chunki, Konstitutsiya to‘ntarishi O‘zbekistonda ancha ilgari, ya’ni Islom Karimov Asosiy qonunga tupurib qo‘yib, ketma-ket “saylangani”da sodir bo‘lgan edi va hozir ham davom etyapti. Bugungi Konstitutsiya taxt vorislari uchun tashqi tomondan hammani aldash, ichki tomondan esa bir yo‘nalishda va bir qolipda ketish uchun tayyorlab qo‘yilgan bir dasturamal bo‘lib qoldi, dedi Jahongir Muhammad.

Жаҳонгир Муҳаммад конституцион тўнтариш ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:39 0:00
Бевосита линк

“Nig‘matilla Yo‘ldoshev ham Jalolov singari o‘zini sharmanda qildi”

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev, 8 sentabr kuni o‘tkazilgan qo‘shma yig‘ilishida so‘zga chiqib, o‘zining muvaqqat prezident bo‘lishga yaramasligini aytdi:

Сенат раиси Ниғматилла Йўлдошев:
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:00 0:00
Бевосита линк

- Men asosan prokuratura va adliya organlari ishlaganman. Biroq davlat hokimiyati va boshqaruvning boshqa idoralaridagi rahbarlik lavozimlaridagi yetarli tajribaga ega emasman, deb Nig‘matilla Yo‘ldoshev, muvaqqat prezidentlikka bo‘ladigan o‘zining qonuniy vakolatidan voz kechdi.

Jahongir Muhammad uning bu qaroriga shunday munosabat bildiradi:

Жаҳонгир Муҳаммад Ниғматилла Йўлдошев ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:41 0:00
Бевосита линк

- Senatning raisligiga juda bo‘sh odamni olib kelib qo‘yishgan. Men uni eshitib hayron bo‘ldim. Masalan, sizga qonunan toj kiydiriladigan bo‘lsayu, siz chiqib “yo‘q, men bunga loyiq emasman”, deyishingiz bu faqat O‘zbekistonda bo‘ladigan holat. Ilgarigi saylovlarda, esingizda bo‘lsa, Karimovning opponenti Abdulhafiz Jalolov degan odam, “Men Islom Karimovga ovoz berdim” deb o‘zini butun dunyoga masxara qilgan edi. Nig‘matilla Yo‘ldoshevning bu harakati ham juda – juda masxara bo‘ladigan holat bo‘ldi”, dedi sobiq deputat.

“Akmal Saidov Mirziyoevga xiyonat qildi”

O‘zbekiston Oliy Majlisi deputati, huquqshunos Akmal Saidov o‘z chiqishida Shavkat Mirziyoevning muvaqqat prezident bo‘lib tayinlanishi uchun 3 ta qonuniy va 1 ta ma’naviy asos borligi haqida gapirdi.

Акмал Саидовнинг сессиядаги нутқидан
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:28 0:00
Бевосита линк

Jahongir Muhammad fikricha esa, Akmal Saidov yo‘q qonuniy asoslarni keltirib, Mirziyoevni qonunbuzar sifatida ko‘rsatib qo‘ydi:

- Menimcha, Akmal Saidov Mirziyoevga katta xiyonat qildi. U Mirziyoevni ham, boshqalarni ham aldadi. Uning aytgan gaplari haqiqatan ham Konstitutsiyada bor, lekin u narsalar Mirziyoevning muvaqqat prezident bo‘lishiga qonuniy asos yaratmaydi. Agar haqikatan ham Akmal Saidov kuchli yurist bo‘lganda edi, haqiqatan ham Mirziyoev tarafdori bo‘lganda edi, unga nisbatan juda katta xiyonat qilmas edi. Agar u hammasini qonuniy qilamiz deganda, chiqib aytardiki, “biz Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish huquqiga egamiz, kelinglar avval o‘zgartirish kiritaylik, keyin Mirziyoevni saylaylik”, derdi. Lekin u bunday qilmadi va Mirziyoevni tang ahvolga solib qo‘ydi, dedi Jahongir Muhammad.

Жаҳонгир Муҳаммад Акмал Саидов ҳақида:
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:14 0:00
Бевосита линк

“Rustam Azimovning chiqishi dor ostidagi odamning yalinishlariga o‘xshab ketdi”

O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Moliya vaziri Rustam Azimov o‘z chiqishida, Shavkat Mirziyoevni Islom Karimovning “siyosiy farzandi”, “siyosiy merosxo‘ri” deb atadi.

Jahongir Muhammad fikricha, Rustam Azimovning bu chiqishi unga nochor odamning ahvolini eslatgan:

- Mana shu sessiyada Rustam Azimovning chiqishga haqqi yo‘q edi. Chunki u deputat ham emas, senator ham emas. Men uning xomushroq yuziga, gapirishlariga qaradim. Sessiyada gapirish uning o‘zidan chiqqan deb o‘yladim. Chunki so‘nggi paytda uni ham bo‘lajak prezident sifatida ko‘ruvchilar ko‘paydi. Lekin u bunga erisholmasligini bilganidan so‘ng, men bu gaplarga o‘zim nuqta qo‘yaman, deb chiqdi shekilli. Lekin maqtovlarni uyam juda bo‘rttirib yubordi. Mirziyoevni Karimovning siyosiy merosxo‘ri deyishgacha bordi. Bu xuddi dor ostidagi odamning yalinishlariga o‘xshab ketdi. Bu uni ma’lum bir vaqtga qutqarishi mumkin, lekin bir umrga qutqarmaydi. Shavkat Mirziyoev bir-ikki yilda hokimiyatini mustahkamlab olganidan so‘ng, uning boshida ham qora bulutlar aylanishiga shubham yo‘q, dedi Jahongir Muhammad.

Жаҳонгир Муҳаммад Рустам Азимов ҳақида:
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:24 0:00
Бевосита линк

“Mirziyoev arqonni uzun tashladi”

Sessiya so‘ngida chiqish qilgan Bosh vazir Shavkat Mirziyoev, o‘zini marhum Islom Karimov siyosatining davomchisi ekanini ta’kidlar ekan, O‘zbekistonni rivojlantirishga oid “mamlakat oldida turgan ustuvor vazifalar”dan oltitasini e’lon qildi.

Бош Вазир Шавкат Мирзиёвнинг сессиядаги нутқидан:
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:49 0:00
Бевосита линк

Jahongir Muhammad fikricha, Konstitutsiyani poymol qilib vaqtinchalik hokimiyatni egallab olgan Shavkat Mirziyoevning prezident bo‘lishi aniq bo‘lib qoldi va u hozircha Karimov siyosatining davomchisi sifatida o‘zini jamoatchilikka taqdim etar ekan, bir oz fursat o‘tganidan so‘ng o‘z siyosatini yurita boshlaydi:

“Mirziyoev juda puxta odam. U arqonni uzun tashlab qo‘ydi. Sobiq rahbarlarga sig‘inish, ularning ishlarini davomchisi ekanligini aytish bu sobiq ittifoqdan qolgan meros. Lekin uzog‘i bilan bir-ikki yildan so‘ng, Mirziyoev atrofiga o‘ziga sadoqatli odamlarini yig‘ib olganidan keyin siyosat o‘zgarganini ko‘rasiz. Chunki hozir Karimov qo‘ygan kadrlar O‘zbekistonda juda ko‘p. Ularning hammasini Mirziyoev sekin-sekin tozalaydi. Keyin biz shunday iqtisodiy og‘ir ahvolga olib kelgan Islom Karimov deb, hamma narsani unga ag‘daradi”, dedi O‘zbekiston Oliy Majlisining sobiq deputati, yozuvchi Jahongir Muhammad.

Жаҳонгир Муҳаммад Шавкат Мирзиёев ҳақида:
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:11 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG