Линклар

logo-print

O‘zbekistonda talabalar paxtaga "ixtiyoriy" safarbar etilmoqda


Hukumatning majburiy mehnatdan voz kechilishi haqidagi va’dalariga qaramay bu yil ham O‘zbekistonda aksar universitet talabalari paxta yig‘im-terimiga safarbar etilmoqda.

Hukumatning majburiy mehnatdan voz kechilishi haqidagi va’dalariga qaramay bu yil ham O‘zbekistonda aksar universitet talabalari paxta yig‘im-terimiga safarbar etilmoqda.

O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlari talabalarini ommaviy ravishda paxtaga olib chiqish boshlandi. Hukumatning majburiy mehnatdan voz kechilishi haqidagi va’dalariga qaramay bu yil ham O‘zbekistonda aksar universitet talabalari paxta yig‘im-terimiga safarbar etilmoqda.

8 sentabr kuni birgina Andijon viloyatida beshta oliygohdan 10 mingga yaqin talaba 8 sentabrdan paxta dalalariga haydaldi.

Lekin, oliy o‘quv yurtlari rahbarlari talabalarning paxtaga majburiy olib chiqilganini rad etishmoqda.

Andijondagi Tibbiyot instituti qabulxonasi telefon go‘shagini ko‘targan xodimga ko‘ra, oliygohning davolash ishi, pediatriya ishi, kasb ta’limi yo‘nalishlari talabalaridan iborat hasharchi talabalar o‘z ixtiyori bilan otryadlarga bo‘linib, viloyat paxtakorlariga yordam berayotganini aytdi.

–Lechfak, Dedfak, Kasbiy ta’lim hammasi o‘z ixtiyori bilan paxtaga chiqqan. Bu yil ixtiyoriy bo‘lyapti. Magistraturalar o‘qiyapti, - dedi Andijon Davlat tibbiyot institutining Ozodlik bog‘langan xodimi.

Lekin, paxtaga chiqishni istamagan talabalar o‘qishni davom ettirishi mumkinmi?, degan savolga institut hodimasi javob berolmadi:

-Unisini tepadagilardan so‘rang, - deb gapni qisqa qildi Andijon tibbiyot instituti xodimi.

Shuningdek, Farg‘ona, Namangan, Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi aksar oliy bilim yurtlari talabalari ham gurras-gurras paxta terimiga haydalmoqda.

Jizzaxning Arnasoy tumani dalalariga esa O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qoshidagi Harbiy Akademiya va Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti kursantlari tashlangan.

- Akademiya kelgan. Kecha kursantlarni bolalar bog‘chasiga joylashtirishdi. Bugundan paxtaga chiqishdi. O‘qituvchilar o‘rniga odam topib terdiryapti, -deydi arnasoylik fermer.

Maktab o‘quvchilarining esa, bu yil ham paxtaga jalb etilmasligi aytilmoqda.

O‘zbekistonda bolalar mehnati va majburiy mehnatdan keng foydalanishi tufayli so‘nggi yillarda dunyodagi bir qator yetakchi savdo shirkatlari o‘zbek paxtasini sotib olishdan voz kechganlar.

XS
SM
MD
LG