Линклар

Ba’zi chizgilarni chizib berishini so‘rab, rassomga emas, psixologga murojaat qildik. Demak, gap muvaqqat prezidentning surati emas, balki siyrati ustida ketayapti. Islom Karimov vafot etguniga qadar o‘zbekistonliklarning mutlaq ko‘pchiligi hatto ovozini ham eshitmagan Mirziyoev birdan ko‘rinish bera boshladi. Odamlar uning xomush tortganini, kulganini, imo-ishoralari, qo‘l harakatlarini ko‘rdi. Nutqini eshitdi. Shu unsurlarga asoslanib, uning qanday odam ekanligi to‘g‘risida xulosalar qilish - uning psixologik portretini chizish mumkinmi?

Toshkentlik ruhshunos Mahmudjon Yo‘ldoshev bilan suhbat ancha og‘ir bo‘ldi. Lekin oxir-oqibat bir narsalarni tushunganday bo‘ldik...

XS
SM
MD
LG