Линклар

Bugun Islom olamida Muqaddas bayramlardan biri – Qurbon Hayiti nishonlanmoqda. Jahondagi millionlab musulmonlar kabi O‘zbekiston vatandoshlari ham bu kunni bayram qilmoqda. Bugun O‘zbekistondagi barcha jome masjidlarda Hayit namozi o‘qildi. Saudiya Arabistonida esa 5200 nafar o‘zbekistonlik haj ibodatini ado etdi.

O‘zbekistonda bugun Qurbon Hayiti nishonlanmoqda. Poytaxt Toshkentda Hayit namozi ertalab soat 6:15 da boshlandi.

Hayit munosabati bilan O‘zbekiston poytaxtida 12 sentabr kuni jamoat transporti o‘z ishini tonggi soat ertalabki 4:00dan boshladi.

O‘zbekistonda bayram munosabati bilan dushanba dam olish kuni deb e’lon qilingan.

Bu boradagi farmonni O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev imzolagan edi. Bu Shavkat Mirziyoevning muvaqqat davlat rahbari sifatidagi ilk qaroridir.

Toshkentda o‘qilgan Hayit namozidan fotoreportaj:

O‘zbekiston Din ishlari qo‘mitasiga ko‘ra, bu yil 5200 nafar o‘zbekistonlik haj ibodatini ado etdi.

Bu yil jami bir yarim million musulmon Saudiya Arabistonida Haj ibodatini amalga oshirdi. Haj ibodati Makka shahrida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan tarzda o‘tkazildi.

"Masjid ul-Haram"dan 2 kilometr radiusda avtomobil harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

O‘tgan yili Minoda shaytonga tosh otish marosimi payti tiqilinchda ko‘pchiligi eronlik bo‘lgan 2 ming odam halok bo‘lgandi. Shu munosabat bilan ju yil Eron o‘z fuqarolarining Hajga borishini taqiqlab qo‘ydi.

XS
SM
MD
LG