Линклар

logo-print

Shavkat Mirziyoev hukumat a’zolarini almashtirishni boshladi


O‘zbekiston Respublikasi vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev.

O‘zbekiston Respublikasi vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev.

O‘zbekiston Respublikasi vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev 13 sentabr kuni imzolagan bir qator farmonlar bilan Bosh vazirning bir o‘rinbosarini ishdan olib, o‘rniga boshqa odamni tayinladi, bir vazirlik rahbarini o‘zgartirdi, Bosh vazir ikki o‘rinbosarining vaklatlari doirasini kengaytirdi.

Demak, shunday qilib,

Karimov Madjit Malikovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Yoshlarga oid siyosat, ta’lim, madaniyat va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimidan ozod etildi.

Aripov Abdulla Nig‘matovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi.

Rustam Sabirovich Kasimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga tasdiqlandi

Alisher Vasikovich Vaxabov O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimidan ozod etildi.

Azimov Rustam Sodiqovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri - Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, hududlarni kompleks rivojlantirish, ta’lim va fan masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi va shu munosabat bilan...

Azimov Rustam Sodiqovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri - Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari lavozimidan ozod etildi.

Ikramov Adxam Ilxamovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi va shu munosabat bilan...

Ikramov Adxam Ilxamovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari kompleksi rahbari lavozimidan ozod etildi.

XS
SM
MD
LG