Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:47

Eron Fors ko‘rfazida ikki AQSh uchog‘ini urib tushirishini aytib tahdid qildi


Eron harbiylari Fors va Ummon qo‘ltiqlarini birlashtirib turuvchi Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustida AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki uchog‘ini urib tushirishlarini aytib tahdid soldi.

Eron havo mudofaasi bazalari 10 sentabr kuni xalqaro havo yo‘llaridan uchib o‘tayotgan AQSh uchoqlarini ular Eron osmoniga yaqinlashgani, agar yo‘nalishlarini o‘zgartirishmasa, o‘qqa tutilishlarini aytib ogohlantirgan. Bu haqda 13 sentabr kuni AQShning 5-harbiy-dengiz floti matbuot kotibi Bill Urban bildirdi.

Urbanning aytishicha, Amerika uchuvchilari xalqaro havoda navbatdagi mashqlar o‘tkazilayotganini aytib, missiyalarini davom ettirishgan.

13 sentabr kuni yana Eron Inqilobiy gvardiyasi AQSh harbiy kemalarining Fors ko‘rfaziga kelishiga qarshi krashish uchun yaratilgan yangi tezyurar harbiy kemani ko‘z-ko‘z qildi.

Kemani dengizga otlantirish marosimida gvardiya admirali Ali Fadaviy amerikaliklarning ko‘rfazdagi harkatlarini qoralab, bu holat qonunsizlik va xavf-xatar keltirib chiqarishini ta’kidladi. Admiral “Tezyurar kema Eronning qarshi kurashish qobiliyatini yanada kuchaytiridi, dushman, ayniqsa, AQSh hisoblariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi”, dedi.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Mark Toner yil boshidan beri AQSh harbiy kemalari Eron Inqilobiy gvardiyasi kemalari bilan 30 martadan oshiq bir-biriga o‘ta yaqin kelgani, bu xavotirli holat ekanligini aytdi.

Toner Eronda Inqilobiy gvardiyaga o‘xshash jangovar guruhlar Eron prezidenti Hasan Ruhoniy kabi nisbatan mo‘’tadil bo‘lgan siyosatchilar bilan raqobat qilishini ta’kidladi. O‘tgan yilda Ruhoniy boshchiligida dunyoning qudratli mamlakatlari va Tehron o‘rtasida mamlakatning yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuv imzolangan.

“Boshqa ko‘plab davlatlar kabi Eronda ham turli kuchlar ta’sirida shakllangan ichki siyosiy jarayon bor”, deya qo‘shimcha qildi Toner.

Pentagon mazkur yilda Inqilobiy gvardiya va AQSh kemalari o‘rtasida yuzaga kelgan qaltis vaziyatlarni, ayniqsa, amerikaliklarni ogohlantiruvchi o‘q otishga va to‘qnashib ketmaslik uchun o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur qilgan holatlarni keskin qoralab keladi.

Yanvar oyida Eron harbiy-dengiz floti bir necha xato ortidan Eron suvlariga kirib borgan ikki AQSh soqchi kateri ekipajini qo‘lga olgan edi.

Qo‘lga olingan 10 nafar amerikalik dengizchi 24 soatdan keyin qo‘yib yuborildi.

XS
SM
MD
LG