Линклар

Turkmanistonning avtoritar yetakchisi umrbod prezident bo‘lib qolish uchun o‘ziga imkon yaratdi. Gurbanguli Berdimuhamedov kelajakda qaysi yoshda bo‘lishidan qat’inazar prezident saylovida ishtirok etishiga yo‘l ochish uchun mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritdi.

Xo‘jako‘rsinga faoliyat yurituvchi parlament hamda Keksalar kengashi 14 sentabr kuni izmolagan o‘zgartirish 70 yoshdan oshganlar prezident saylovida ishtirok eta olmasligi haqidagi qonunni bekor qildi.

Qolaversa, konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlar prezidentlik muddatini besh yildan yetti yilga uzaytirdi.

Tabiiy gazga boy bo‘lgan Turkmaniston dunyodagi eng yopiq jamiyatlardan biridir. Mamlakatda biror marta ham Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti ochiq va demokratik deb topgan saylov o‘tkazilmagan. Inson huquqlari guruhlari Turkmanistonda siyosiy muxolifat yo‘qligini, hukumatni tanqid qilganlar muntazam ravishda qamalishi yoki ruhiy kasalxonaga uloqtirilishini hamda mustaqil matbuot umuman yo‘qligini ta’kidlab keladi.

Konstitutsiyaning 70 yoshdan o‘tganlar haqidagi bandi Berdimuhamedov o‘lgunicha prezident bo‘lishiga to‘siq bo‘layotgan yagona qonun edi. Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, Berdimuhamedov istaganicha prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishi mumkin.

Kasbi tish doktori bo‘lgan va bosh vazir o‘rinbosari o‘laroq ishlagan Berdimuhamedov 2006 yilning dekabrida turkmanboshi Saparmurod Niyozov kutilmaganda vafot etishi ortidan mamlakat xavfsizlik kengashi tomonidan prezident etib tayinlangan. Berimuhamedov hozir ikkinchi prezidentlik muddatini o‘tamoqda. 2017 yilga belgilangan navbatdagi saylovda Berimuhamedov yana g‘alaba qozonishi aniq.

O‘zgarishlarni ishlab chiqqan komissiyaga yetakchilik qilgan Berdimuhamedov qonunni imzolab bo‘lganidan keyin navbatdagi saylovda “alternativalar” bo‘lishini aytdi.

“Unda uch partiya – Demokratik partiya, Agrar partiya hamda Sanoatchilar hamda tadbirkorlar partiyasi ishtirok etadi”, dedi prezident.

Turkmaniston 2016 yilda prezident vakolatlarini oshirib, uning xizmat muddatini uzaytirgan ikkinchi Markaziy Osiyo davlatidir.

Mazkur yilda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonga o‘z nomzodligini istalgan marta qo‘ya olishi uchun mamlakat konstitutsiyasi o‘zgartirildi.

Tojikiston yana prezidentlikka nomzodlarning minimum yoshini 35 dan 30 ga tushirdi. Bu esa Rahmonning 28 ga to‘lgan o‘g‘li Rustam 2020 yilgi saylovda ishtirok etishiga yo‘l ochib berdi.

Turkmaniston konstitutsiyaga O‘zbekistonga chorak asr yetakchilik qilgan avtokratik prezindet Islom Karimov vafotidan keyin o‘zgartirish kiritildi.

Qo‘shni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev ham chorak asrdan beri amalini bo‘shatmaydi. U ham istaganicha prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishi mumkin.

XS
SM
MD
LG