Линклар

logo-print

"O‘zbekneftgaz" bilan 6 yil uchrashmagan "Gazprom" Karimov vafotidan so‘ng uchrashdi


"Gazprom" va "O‘zbekneftegaz" shirkati rahbarlari olti yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor Moskvada uchrashdi.

"Gazprom" va "O‘zbekneftegaz" shirkati rahbarlari olti yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor Moskvada uchrashdi.

Rossiyaning "Gazprom" shirkati rahbari Aleksey Miller va O‘zbekistonning "O‘zbekneftegaz" milliy xoldingi boshqaruv raisi Alisher Sultanov seshanba kuni Moskvada uchrashdi. "Gazprom" matbuot xizmatining bildirishicha, muloqot chog‘ida O‘zbekistondan gaz sotib olish masalasi muhokama qilingan.

"Gazprom" va "O‘zbekneftegaz" shirkati rahbarlari olti yillik uzilishdan so‘ng ilk bor Moskvada uchrashmoqda.

"Gazprom" shirkati matbuot xizmati mulozimi Ozodlik bilan suhbatda Aleksey Miller va Alisher Sultanovlar o‘rtasida 13 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralarda gap asosan O‘zbekistondan ko‘proq tabiiy gaz sotib olish haqida ketganini aytdi.

"Ikki tomonlama hamkorlik, jumladan O‘zbekistondan tabiiy gaz sotib olish, respublika hududida sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish masalasi muhokama etildi", - dedi "Gazprom" shirkati matbuot xizmati mulozimi.

Lekin, gap qancha miqdor gaz va qanday narx haqida borayotgani haqida shirkat ma’lumot bermadi.

“O‘zbekneftegaz” shirkatidagilardan esa Moskvadagi muzokaralar haqida umuman ma’lumot olib bo‘lmadi.

"Gazprom" matbuot xizmatiga ko‘ra, o‘tgan yili Rossiya gaz giganti O‘zbekistondan 6 milliard 380 million kubometr gaz sotib olgan.

O‘zbekistondan olgan gazning yarmidan ko‘pini esa “Gazprom” boshqa davlatlarga sotgan.

Joriy yilda esa “Gazprom” Turkmanistondan sotib oladigan gaz hajmini kamaytirib, O‘zbekistondan ko‘proq miqdorda gaz sotib olishini bildirgan.

Lekin, Rossiya tomoni ham O‘zbekiston tomoni ham gaz savdosiga oid tafsilotlarni jamoatchilikka ochiqlamay keladi.

Moskvadagi RusEnergy konsalting shirkati eksperti Mixail Krutixinning aytishicha, "Gazprom" va "O‘zbekneftegaz" rahbarlari olti yillik uzilishdan so‘ng aynan hozir uchrashayotganliklari bejiz emas.

- "Gazprom" buyog‘iga O‘zbekistondagi loyihalari bo‘yicha kim bilan ishlashini bilishi muhim. Chunki Rossiya shirkatlari O‘zbekiston kabi davlatlarda shu davlat rahbarlari bilan ishlashga o‘rganishgan. Hozir esa O‘zbekiston rahbariyatida vaziyat muallaq bo‘lib turibdi, - deydi Mixail Krutixin.

O‘zbekiston yiliga 60 milliard kub metr gaz qazib oladi va bu borada MDH davlatlari orasida Rossiya va Turkmanistondan keyin uchinchi o‘rinda turadi, dunyo bo‘yicha esa o‘ntalikka kiradi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda qazib olinadigan gazning 40 milliardi respublika ehtiyoji uchun ishlatiladi, qolgan 20 milliard kub metr gaz chet davlatlarga eksport qilinadi.

Chet davlatlarga eksport qilinadigan gazning yarmi Rossiyaga, qolgan yarmi boshqa davlatlarga sotiladi

Ayni paytda Xitoy shirkatlari ham O‘zbekistonda gaz konlarini o‘zlashtirishga qiziqmoqda.

Xitoy O‘zbekistondan yiliga 10 mlrd kub metr gaz sotib oladi. Bu raqam O‘zbekiston Rossiyaga sotadigan gaz miqdoridan qariyb ikki baravar ko‘pdir.

Moskvadagi RusEnergy konsalting shirkati eksperti Mixail Krutixinning aytishicha, O‘zbekiston hududi orqali Turkmaniston-Xitoy gaz kuvuri ishga tushirilishi Toshkent uchun yangi imkonlarni ochishi mumkin.

- Turkmaniston-Xitoy gaz quvuri ishga tushirilgandan so‘ng, Toshkent gazni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoyga uzatish imkoniga ega bo‘ladi, -deydi ekspert Mixail Krutixin.

O‘zbekiston hukumati esa chet davlatlar bilan erishgan shartnomalari doirasida gazni dunyo bozori narxida sotishdan manfaatdor.

Xorijdagi hamkorlarga belgilangan hajmda gazni yetkazib berish uchun esa Toshkent hukumati o‘z mamlakati aholisiga sotadigan gaz hajmini qisqartirishga majbur. Har holda, so‘nggi yillarda gaz taqchilligi surunkali muammoga aylanib qolgan, mamlakating qishloq joylaridagi aholisi esa, har yili qishda gazdan uzib qo‘yiladi.

“Gazprom” va “O‘zbekneftegaz” shirkatlari 2002 yildan beri O‘zbekistonda gaz qazib olish bo‘yicha hamkorlik qilib keladi.

“Gazprom” 2004 yildan buyon O‘zbekiston shimoli-g‘arbidagi Shoxpaxta konida gaz qazib ishlarini olib bormoqda.

“Gazrom” rekonstruksiya qilgan ushbu kondan yiliga 300 million kubometr gaz qazib olinayotgani aytiladi.

2006 yilda "Gazprom" va "O‘zbekneftegaz" shirkatlari O‘zbekiston g‘arbidagi Ustyurt mintaqasida qidiruv-razvedka ishlarini olib borib, "Jel" konini ochishgan.

Ushbu konda esa qariyb 500 ming kub metr hajmidagi gaz zaxirasi borligi anqilangan.

2014 yilda "Gazprom" O‘zbekistondagi loyihalarini to‘xtatib, mamlakatdan chiqib ketishi haqida gap-so‘zlar matbuotda paydo bo‘lgandi.

XS
SM
MD
LG