Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:21

Qirg‘izistonda terrorchilikda gumonlanayotgan shaxs o‘zining aybsiz ekanini aytmoqda


Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmati e’lon qilgan surat. Ko‘zi qora chiziq bilan berkitilganlar qo‘lga olingan vatandoshlar. Pastki qatorda o‘ngdan uchinchi maqola qahramoni Burhoniddin Janto‘ro‘ev.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmati e’lon qilgan surat. Ko‘zi qora chiziq bilan berkitilganlar qo‘lga olingan vatandoshlar. Pastki qatorda o‘ngdan uchinchi maqola qahramoni Burhoniddin Janto‘ro‘ev.

Bishkekda Xitoy elchixonasidagi portlashga aloqador deb qidiruvga berilgan 4 odamdan biri, Jalolobod viloyatining Suzoq tumanidan bo‘lgan Burhoniddin Janto‘ro‘ev Ozodlikka murojaat qilib, o‘zining begunoh ekanini aytdi. Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Milliy Xavfsizlik Qo‘mitasi 30 avgustda Bishkekdagi Xitoy elchixonasiga terror hujumi uyushtirganlar aniqlanganini ma’lum qilgan va gumonlanuvchilar suratlarini ochiqlagandi.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tarqatgan rasmiy ma’lumotda aytilishicha, 30 avgust kuni Xitoy elchixonasiga terror harakatini uyushtirganlikda gumonlangan 9 odamdan 5 nafari qo‘lga olingan, 4 odam esa qidiruvga berilgan.

Qidiruvga berilganlardan biri, Jalolobodning Suzoq tumanida yashagan, hozirda Istanbulda o‘zbek taomlari kafesini boshqarayotgan Burhoniddin Janto‘ro‘ev Ozodlikka o‘zi va qarindoshlarini bu ishga qanday aralashib qolganini aytib berdi.

" 6-7 oy oldin mening kafemga o‘zbekistonlik Baxtiyor degan bola kelgan edi. “Aka, oilam bilan Istanbulda yashayman. Tirikchilikka qiynalayapman. Meni ishga oling”, degandi. U bola qo‘limda bir haftacha ishladi. Lekin qo‘l-oyog‘i chaqqon bo‘lmagani uchun u odamni ishdan bo‘shatdim”, -deydi Burhoniddin Janto‘ro‘ev.

Unga ko‘ra, Baxtiyor ishdan ketganidan keyin ham ba’zida kelib ovqatlanib ketgan.Burhoniddin Bishkekdagi Xitoy elchixonasidagi portlash ortidan qarindoshlarini qo‘lga olinishi va o‘zini qidiruvga berilganini eshitib shok holatiga tushgan.

“Bir oy, bir yarim oy avval o‘sha Baxtiyor menga 5000 dollar olib kelib: "Aka, shu pulni Bishkekka yuborish kerak, siz yordam bersangiz. Har holda qirg‘izistonliksiz. U yerga qanday jo‘natishni yaxshi bilasiz", degan. “O‘zingiz boring”, desam. “Aka, aldab qo‘yishlari mumkin meni”, degandi. Men u pulni Istanbuldagi "Halol tur" firmasiga birga olib borib”, - deydi Burhoniddin Janto‘ro‘ev.

Unga ko‘ra, taxminan 20 kun avval Baxtiyor yana 1000 dollar olib kelib, buni ham Qirg‘izistonga yuborishni iltimos qiladi. Lekin o‘sha paytda o‘zida moddiy qiyinchilik bo‘lgani uchun u pulni o‘zi olib qolib, Jaloloboddagi qayin opasidan qarz berishni so‘rab, Baxtiyor aytgan Bishkekdagi Iskandar degan odamga jiyani orqali pulni beradi.

Burhoniddin akaga ko‘ra, uning Turkiyadagi kafesiga Qirg‘izistondan go‘sht yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi qayin akasi bor. Kunlardan bir kun Baxtiyor tojikistonlik bir odamni O‘shga birga olib ketishini so‘rab keladi va u qayin akasi bilan birga O‘shga ketadi.

Burhoniddin Janto‘ro‘ev o‘z qarindoshlari qo‘lga olinganini eshitgach 7 sentabr kuni Baxtiyorni chaqiradi va o‘zi yuborishni so‘ragan tojikistonlikni topib berishni talab qiladi. Baxtiyor topib berishni va’da qilib ketganidan so‘ng telefonlarini o‘chirib oladi.

Qirg‘iziston Milliy Xavfsizlik Xizmatining tarqatgan ma’lumotida, suzoqlik 49 yoshli ayol terrorchilarga moliyaviy yordam ko‘rsatganlikda, qidiruvdagi Burhoniddin Janto‘ro‘evning qarindoshi teraktni amalga oshiradigan odamni topishda yordam berganlikda gumonlanib qo‘lga olingani aytiladi.

Rasmiy xabarda Xitoy elchixonasi oldida portlovchi modda o‘rnatilgan mashinada o‘zini portlatgan xudkush Zoir Halilov nomiga berilgan tojik pasportiga ega 33 yoshli uyg‘ur millatiga mansub shaxs bo‘lgan. U "Turkiston islomiy harakati" a’zosi bo‘lgan. U 20 - avgustda Qirg‘izistonga kelgan.

Burhoniddinning aytishicha, terrorchilikka aloqadorlikda gumonlanib Qirg‘izistondan Istanbulga go‘sht yetkazib bergan qaynag‘asi, qarz olgan qayni opasi va Baxtiyor bergan omonat pulni Bishkekka yetkazib bergan taksist jiyani, shuningdek, pulni Istanbuldan Qirg‘izistonga yuborgan "Halol Tur" firmasining ikki xodimi ham qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, 30 avgust kuni hudkush "Mitsubisi Delika" avtomashinasida ertalab 9dan 40 minut o‘tganda o‘zini Bishkekning Xitoydagi elchixonasi oldida portlatib yuborgan.

Portlash oqibatida uch nafar elchixonaning qirg‘izistonlik xodimi yarador bo‘lgan, elchixona binosi va atrofdagi uylargaga zarar yetkazilgan.

Qidiruvga berilganlar orasida bo‘lgan“Halol Tur” shirkatida ishlagan 29 yoshli Muborak Turganbaev ham bor.Uning Istanbulda ekani aytiladi.

Biroq bundan avval Muborak Turganbaev Ozodlikning qirg‘iz xizmatiga Qirg‘iziston va Turkiya o‘rtasida vatandoshlar pullarini tashib, qonuniy ishlashini va o‘zining aybsiz ekanini ma’lum qilgandi.

“7 yoki 8 sentabr kuni konsulni telefon nomerini topdim. Ruslan degan yigit ekan. Unga “Men Burxoniddin Janto‘ro‘evman. Bu ishlarga meni va yaqinlarimni aloqasi yo‘q. Nima qilsam bo‘ladi. Sizlarga qanday murojaat qilish mumkin, dedim. U “Keling, ko‘rishib gaplashaylik”, dedi. Borgandim u telefonini ko‘tarmagani uchun qaytib keldim”, - Burxoniddin Janto‘ro‘ev.

Burxoniddin akaning aytishicha elchixona xodimlari hozir bayram kunlari munosabati bilan Qirg‘izistonda ekan. Ular ishga qaytgach Burxoniddin va advokati ular bilan uchrashmoqchi.

XS
SM
MD
LG