Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:48

O‘zbekistonlik ikki hakam g‘irromlikda ayblandi


Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) o‘zbekistonlik ikki tennis hakamini hakamlikning ahloqiy qoidalarini buzgani uchun umrbod diskvalifikatsiya qildi.

ITFga tayanib qator axborot agentliklari, xususan TASSning xabar qilishicha, federatsiya o‘tkazgan surishtiruv Sherzod Hasanov va Arxip Molotyaginlar o‘yinlar natijalari bilan bog‘liq g‘irromlik qilganini aniqlagan.

Aytilishicha, 2015 yilning 7- 9 sentabr kunlari Isroilda bo‘lib o‘tgan turnirda o‘zlari hakamlik qilgan o‘yindagi hisobni uchinchi shaxslarga telefon orqali aytgan. Bundan tashqari ular uchinchi shaxslar o‘yin natijalariga pul tikishlariga imkon yaratish maqsadida o‘yin natijalarini kompyuterga kiritishni kechiktirgan – ya’ni uchinchi tomon bukmekerlik o‘yinlarida manfaat ko‘rishi uchun g‘irromlik qilgan.

Sherzod Hasanov va Arxip Molotyaginlar, shuningdek, yetti oy davomida ”fyucherslarda” hisobni kiritishni kechiktirib turgan va/yoki noto‘g‘ri hisob kiritgan va mavjud bo‘lmagan o‘yinlarni kiritgan.

Aytilishicha, Hasanov, shuningdek, bunday firibgarlikka Molotyagindan tashqari boshqa hakamlarni ham jalb etgan. O‘zbekistonlik ikki hakam boshqa hakamlar amalga oshirgan qoidabuzarliklar haqida xabar bermaganlikda ayblangan.

O‘zbekistonlik ikki tennis hakami - Sherzod Hasanov va Arxip Molotyaginlar umrbod diskvalifikatsiya qilindi, litsenziyasidan mahrum qilindi. Bundan buyon bu ikki hakamga ITF, ATP, WTA va “Katta shlem” turnirlarida o‘yinlarga hakamlik qilish taqiqlandi. Bundan tashqari ular turnirlarga akkreditatsiya berilishi taqiqlanganlar ro‘yxatiga kiritildi.

XS
SM
MD
LG