Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:22

Eski velosipedda Namangandan Prezident qabriga borgan bobo yangisida Ka’baga bormoqchi


Husan bobo feysbukchi muxlislari olib bergan yangi velosipedda Hajga bormoqchi.
Husan bobo feysbukchi muxlislari olib bergan yangi velosipedda Hajga bormoqchi.

Namangandan Samarqandga velosipedda 521 kilometrlik yo‘l bosib, prezident Islom Karimovning qabrini ziyorat qilib qaytgan 76 yashar Husan bobo Hojiboevni hamqishloqlari sovg‘alar bilan kutib oldi.

Husan Hojiboevning ziyorati to‘g‘risidagi Ozodlik xabarini o‘nlab Internet nashrlar ko‘chirib bosganidan so‘ng, korosonlik oqsoqol mashhur bo‘lib ketdi. Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Husan boboning Samarqandga velosipedda qilgan ziyoratini “kichik haj”ga tenglashtirganlar bo‘ldi.

Facebook tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” gurhining entuziastlari pul yig‘ib, u kishiga yangi velosiped va xolodilnik sovg‘a qildi.

Husan bobo Ozodlik bilan suhbatda feysbukchi muxlislari olib bergan yangi velosipedda kelasi yilda haqiqiy Hajga borish orzusi borligini aytdi.

Каримов қабрини Намангандан велосипедда бориб зиёрат қилиб қайтган 76 ёшли Ҳусан бобо Ҳожибоев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:26 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG