Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:29

Moskvada muhojirlarga hujum qilgan taqirboshlar ustidan hukm chiqarildi


"Rino guruhi" ham asosan muhojirlarga uyushtirilgan "ov" uchun qamalgan
"Rino guruhi" ham asosan muhojirlarga uyushtirilgan "ov" uchun qamalgan

Moskva shahri va Moskva viloyatida irqchilikka asoslangan jinoyatlarni sodir etgan 6 rus skinxedi 1,5 yildan 4,5 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi. Tergov qo‘mitasi tarqatgan xabarga ko‘ra, irqchilar “Oq vagon” deb nomlagan zo‘ravonlik aksiyalari paytida elektrichka vagonlarida slavyan bo‘lmagan muhojirlarga hujumlar uyushtirishganlar. Taqirboshlarning 2015 yil 14 fevralida sodir etgan hujumida bir xorijiy kaltaklanib o‘ldirilgan va yana ikki kishi og‘ir jarohat olgan.

Tergov qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Moskva viloyatida istiqomat qilgan 17 yashar yigit internet orqali o‘z safdoshlarini 2015 yil 14 fevralida belgilangan “Oq vagon” aksiyasida qatnashishga chaqirgan.

Ushbu aksiyadan maqsad Moskva shahri va viloyatida elektropoezd hamda temir yo‘llarida slavyan qiyofasiga mos bo‘lmaganlarni kaltaklash bo‘lgan.

Millatchilarning ushbu amaliyoti natijasida bir nafar mehnat muhojiri halok bo‘lgan va yana uch markaziy osiyolik muhojir og‘ir jarohat olgandi.

Rossiya tergov qo‘mitasiga ko‘ra, mahkamaga tortilgan 6 nafar millatchi jinoyat sodir etgan paytda balog‘at yoshida bo‘lmagani uchun Moskva viloyati sudi ularni 1,5 yildan 4,5 yilgacha ozodlikdan mahrum etdi.

Rossiya hokimiyati rasmiylari so‘ngi yillarda ksenofobiya va irqchilik asosidagi jinoyatlar kamaygani va ushbu yo‘nalishda keskin kurash olib borilayotganini ta’kidlashadi.

Inson huquqlari bo‘yicha Moskva byurosi eksperti Semyon Chariyning Ozodlikka aytishicha, Rossiyada hokimiyatining irqchilikka qarshi ko‘rayotgan chora-tadbirlari etarli emas.

- Rossiyada millatchilik asosdagi jinoyatlar jazoga tortiladi, lekin millatchilik targ‘iboti har doim ham taqib etilmaydi. Haqiqatan ham, 2000-yillardan boshlab, millatchilarga qarshi kurash ancha keksinlashdi. Rus fashistlari liderlari uzoq muddatli qamoq jazolariga hukm etildi. Lekin millatchilikni faqat millatchilarni qamash bilan bartaraf etib bo‘lmaydi. Bu yo‘lanishda sezilarli ilgari siljish bo‘lishi uchun irqchilik, ksenofobiyaga qarshi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish lozim. Ushbu yo‘nalishda Rossiya hokimiyati yetarli chora ko‘rilayotgani yo‘q, dedi Semyon Chariy.

Kuzatuvchilarglarga ko‘ra, Rossiya bo‘yicha Moskva va Sankt-Peterburg millatchi guruhlar eng faol bo‘lgan shaharlar hisoblanadi.

Sankt –Peterburgda 2013 yil noyabr oyida Rossiya “xalq birligi” bayrami kuni rus millatchilari o‘tkazgan “Oq vagon” aktsiyasi paytida o‘zbekistonlik muhojir yigit pichoqlanib o‘ldirilgandi.

19 nafardan iborat zo‘ravonlik aktsiyasi qatnashchilari ustidan joriy yilning iyul oyida mahkama ishi boshlandi.

Yaqinda Moskvadagi "Sova" tahliliy-kuzatuv markazi o‘tkazgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, Rossiyada 2016 yilning birinchi yarmida millatchilar hujumi oqibatida 31 kishi jarohatlangan va bir kishi halok bo‘lgani aniqlandi.

XS
SM
MD
LG