Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:19

VIDEO: Paxta normasini bajarmagan hamshiralarni ishdan bo‘shatmoqchilar


Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahridagi 8- oilaviy poliklinikaning paxta terimiga chiqarilgan va kunlik terim normasini bajarmagan xodimlariga ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilinmoqda. Ozodlikka yo‘llangan videoda poliklinika mulozimining xodimlardan majburiy tilxat olayotgani aks etgan. Mulozim aytib turib yozdirgan tilxatda kunlik 50 kilo normani bajarmagan xodim, o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketishi qayd qilingan.

Qo‘qondan kelgan videohujjat

Qo‘qon shahridagi 8-oilaviy poliklinikaning 31 nafar xodimi 13 sentabrdan buyon Furqat tumani Polvontosh qishlog‘i dalalarida paxta terayapti.

Poliklinika xodimlaridan birining Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda aytishicha, mulozimlar kunlik paxta normasini bajarmagan xodimlarga ishdan haydash bilan tahdid qilayapti.

Suhbatdosh so‘zlariga isbot tarzida Ozodlikka video ham yo‘lladi. Ushbu videoda poliklinika katta hamshirasi Aliya Madalievaning xodimlardan majburiy tilxat olayotgani aks etgan.

“50 kilodan bir kunda termasam, chora ko‘rishingizni so‘rayman. O‘z qo‘lim bilan yozdim”, deb yozgin deydi mulozima videoda.

Пахта нормасини бажармаган шифокорларга ишдан бўшатиш таҳдиди қилинмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:54 0:00

"Tilxatni Aliya Madalieva yozdirgan"

8- oilaviy poliklinikaning mutasaddilari videodagi ayol haqiqatan ham Aliya Madalieva ekanini tasdiqlashdi.

Ularning aytishicha, Madalieva 14 senabr kuni poliklinika rahbariyati nomidan Polvontosh qishlog‘iga borib, paxta terayotgan xodimlarni tekshirgan.

Poliklinika xodimining Ozodlikka aytishicha, Madalieva 14 sentabr kuni tushdan so‘ng dalada paxta terayotgan shifokorlar yoniga borib, ulardan birma-bir majburiy tilxat yozdirib olgan:

“Obeddan keyin keldi Aliya opa. U “planni bajarmasam, xohlagan chora ko‘rishlaringni so‘rayman”, deb yozdirdi. Keyin dalaga ertalab soat 6 dan kech qolib kelganlarga ham shunday ariza yozdirdi. “Agar dalaga vaqtli kelmasam, ishdan ketaman”, degan mazmunda”, deydi poliklinika xodimlaridan biri.

Ozodlikka taqdim qilingan videoda Madalieva “Agar termasangiz mana o‘z qo‘lingiz bilan yozdingiz, arizangizni yozib, chiqib (ishdan) ketasiz”, deydi.

Aliya Madalieva: Men faqat ularni urishdim

Ozodlik muxbiri Aliya Madalieva bilan telefon orqali bog‘lanib, undan nima asosda ushbu tilxatni yozdirganini izohlab berishni so‘radi:

Aliya Madalieva: Yo‘q, yo‘q, yo‘q. Unaqa narsa bo‘lgani yo‘q. Urishib keldim. 6 kilo, 7 kilodan terganidan keyin gapirmaymizmi biz?!

Ozodlik: Umuman xodimlaringizga paxta terdirishga nima haqqingiz bor? Qanday qonuniy asos bor bunga?

Aliya Madalieva: Hech qanaqangi haqqim va asosim ham yo‘q. Hech qanaqangi vakolatim ham yo‘q.

Ozodlik: Nimaga unda bunday tilxat yozdirasiz?

Aliya Madalieva: Man ularga faqat teringlar, deb aytib keldim xolos. Man unaqa narsa haqida umuman hech narsa gapirmaganman.

Ozodlik: Lekin videoda tilxat yozdirayotganingiz aks etganku?!

Aliya Madalieva: Man unaqangi narsalar yozdirmaganman.

Алия Мадалиева билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:57 0:00
Бевосита линк

O‘zbekistonda ishchi-xodimlar hasharga jalb qilinganda yoki paxtaga haydalganida butun mas’uliyatni ishchi zimmasiga yuklash maqsadida majburiy tilxat olish amaliyoti keng tarqalgan.

Jumldan, Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining talabalaridan paxta terimida qatanashmasa institutdan haydalishga rozilik beruvchi “tilxat” yozdirib olingani haqida Ozodlik avval xabar bergan.

XS
SM
MD
LG