Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:20

Namanganda viza uchun pora olgan IIB xodimi 8 yilga qamaldi


Xorazmda fermerlarga atalgan mineral o‘g‘itlarni talon-taroj qilgan jinoiy guruh fosh etildi. O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari mamlakatda ajrashishlar ko‘payib ketgani sababini ma’lum qildi. Joriy hafta mahalliy matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

Shavkat Mirziyoev Buxoro prokurorini Respublika Bosh prokurori o‘rinbosari etib tayinladi

Uzbekistan -Article newspaper
Uzbekistan -Article newspaper

2014 yildan hozirgacha Buxoro viloyat prokurori bo‘lib kelgan Murotjon Azimov O‘zbekiston Bosh prokurorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

“Huquq” nashri xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev bu haqdagi farmonni joriy yil 14 sentabrda imzolagan.

Qayd etilishicha, 1976 yili Qashqadaryoda tug‘ilgan M.Azimov uzoq yillar prokuratura idoralari hamda O‘zbekiston Prezidenti Devonida faoliyat yuritgan.

Xorazmda fermerlarga atalgan mineral o‘g‘itlarni talon-taroj qilgan jinoiy guruh fosh etildi

“Qishloqqurilishkimyo” aksiyadorlik jamiyatining Yangibozor tumani filiali rahbari va mas’ul xodimlari fermerlarga tarqatilishi zarur bo‘lgan katta miqdordagi mineral o‘g‘itni talon-taroj qilgani fosh etildi (“Darakchi”, 15 sentabr).

Filial rahbari Sotimboy Sotimov boshchiligidagi jinoiy guruh fermerlarga tarqatilishi belgilangan mineral o‘g‘itni hujjatlarni soxtalashtirib, naqd pulga sotgan.

Shu tariqa 2013-2014 yillarda amalga oshirilgan o‘nlab operatsiyalardan keyin 543 million so‘m o‘marilib, bu pulga uy, mashina va boshqa texnikalar sotib olingan.

Bundan tashqari, 579 million, 46 million, 219 million, 129 million, 83 million va 225 million so‘mlik mineral o‘g‘it talon-taroj etilgan. 2014 yilning oktabrida filial faoliyatini tuman soliq inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i Sardor Ro‘zmetov tekshirib, bir qancha qonunbuzarliklarni aniqlagan. Ammo soliq idorasi mansabdori S.Ro‘zmetov 3500 dollar pora evaziga kamchiliklardan ko‘z yumgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati sudi ushbu jinoiy ishga daxldor 16 nafar sudlanuvchiga ozodlikdan mahrum etish, 19 nafar sudlanuvchiga esa axloq tuzatish ishlari jazosini tayinlagan.

Bosh vaziri o‘rinbosari E.Bositxonova: Ajrashishlar sababi etishmovchilik emas

O‘zbekistonda keyingi yillarda ajrashishlar miqdori sezilarli ko‘paygan (“Oila davrasida”, 15 sentabr).

Masalan, 2001 yilda 15,7 ta nikoh ajrimi qayd etilgan bo‘lsa, 2015 yilga kelib bu ko‘rsatkich 29,6 mingtaga etgan. “Hozirda yuz berayotgan ajrimlarga iqtisodiy muammolar, yetishmovchiliklar emas, ma’naviy bo‘shliqlar sabab bo‘lyapti.

Oilalardagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, munosabatlardagi tushunmovchiliklar ko‘p hollarda bu mustahkam qo‘rg‘onning buzilishiga olib kelmoqda” degan O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova vaziyatni sharhlab.

Ma’lumotlarga qaraganda, 2016 yilning yanvar-iyun oylarida 92,4 mingta nikoh va 14,8 mingta ajrashish ro‘yxatga olingan.

Namanganda viza uchun pora olgan IIB xodimi 8 yilga qamaldi

Uzbekistan -Article newspaper
Uzbekistan -Article newspaper

Namangan viloyati IIB Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimi poraxo‘rligi va hamda katta miqdordagi mablag‘ni talon-taroj etgani uchun 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi (“Huquq”, 15 sentabr).

Ismi oshkor etilmagan IIB rasmiysi mansabini suiiste’mol qilib, odamlardan pora olib kelgan.

Masalan, Janubiy Koreyaga ketish uchun ichki viza olishni so‘rab ariza topshirgan ayoldan vizani tezlashtirib berish va’dasi bilan 100 dollar hamda 100 ming so‘m pora olgan.

Qolaversa, IIB xodimi fuqarolardan undirilgan davlat bojlarini talon-taroj qilgan. Qayd etilishicha, ushbu jinoiy ish bo‘yicha IIB xodimining sheriklari ham jazoga tortilgan.

XS
SM
MD
LG