Линклар

O‘zbekiston prezidentligiga asosiy da’vogar deb ko‘rilayotgan Shavkat Mirziyoev shaxsi va qarashlarini bilgan ikkinchi suhbatdoshimiz mamlakat huquq tizimlarida uzoq yillar xizmat qilgan. Bu suhbatdosh ham o‘z shaxsi sir qolishini istadi.

- Shavkat Mirziyoev 1992 -1994 yillarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek rayoniga hokim edilar. Men o‘sha yillarda rayon huquq tizimlarida ishlardim. Ish yuzasidan u kishi bilan tez-tez ko‘rishib turardik¸ o‘shandan beri bilaman bu odamni. Yonida yuradigan jizzaxlik bolalar orqali¸ bir davrada ko‘p marta o‘tirganmiz. Yaxshi bilaman¸ desam ham bo‘ladi. O‘sha paytdan yonida oxrana bilan yurardi¸ degan gap noto‘g‘ri. Yonida doim Baxtiyor degan toshkentlik yordamchisi yurardi¸ to‘g‘ri. Keyin uni o‘zi bilan Jizzaxga ham¸ Samarqandga ham olib ketdi. Bosh vazir bo‘lgandan keyin¸ Karimov uni yo‘qot dedi¸ g‘oyib bo‘ldi. Endi yana qaytsa kerak yoniga.

O‘zi Mirziyoevni Mirzo Ulug‘bek rayoniga hokim qilgan asosiy odam G‘afur Rahimov bo‘ladi. Juda yaxshi edi G‘afur bilan. Keyin tez ko‘tarilib¸ bosh vazir bo‘ldi. Men juda yaxshi bilaman bu epizodni - Gulnora otasi bilan bu masalada qattiq tortishgan - bir kun kelib u seni g‘ajib tashlaydi ("on tebya sojryot"), degan. Shuning uchun Karimov uni qattiq kuzatuvga qo‘ydi¸ bu ham shuni qilib¸ qadamini o‘ta ehtiyotkor tashlab keldi. Karimov o‘rnimga shu kelmasin deb¸ Konstitutsiyaning 96-moddasini o‘zgartirgan edi. Lekin bu baribir bilganini qildi. Yo‘ldoshevning prezidentlik muhridan foydalanib¸ Toshkent klani bosimi bilan o‘zini yo‘q qilib yuborishiga o‘rin qoldirmaslik uchun¸ konstitutsiyani chetga yig‘ishtirib qo‘ydi.

Har xil gap-so‘zlar bo‘layapti¸ lekin Mirziyoevni men yaxshi odam deb bilaman. Men u kishi bilan Samarqandga hokim bo‘lganda ham bir necha marta ko‘rishganman¸ bir davrada o‘tirib¸ suhbatlashganman. “O‘zimga ham yoqmaydi ahvol¸ vaziyat og‘ir¸ xalq qiynalayapti¸ odamlar chetga chiqib ketayapti,” degan mazmunda gapirganini o‘zim eshitganman. Bu odam hozirgacha Karimovning ispolniteli bo‘lib keldi¸ nima desa¸ shuni qilardi. Keyingi 8-10 yil ichida nimalar bo‘layotganini Karimovga aytmay qo‘yishgandi. Aytsa¸ boshiga kuldon otilardi. Shunga hamma yoqni cholni xursand qilish uchun perepiska qilishdi. Lekin bu biladi xalqning ahvolini¸ hamma yoqda odamlari bor. Bu endi boshqa siyosat yurg‘izadi. Dekabrda saylanib olsin¸ yanvardan boshlaydi o‘zgarishlarni.

Aziz mushtariy! Siz ham Shavkat Mirziyoevni yaqindan bilgan-taniganlardan bo‘lsangiz¸ xususan¸ hokimiyat tizimlarida u bilan birga ishlagan bo‘lsangiz¸ O‘zbekiston prezidentligiga da’vogarlik qilaëtgan bu shaxs haqidagi hikoyalaringizni jamoatchilik bilan o‘rtoqlashishingiz mumkin. Buning uchun saytimiz¸ ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali biz bilan bog‘laning¸ bilganlaringizni bizga matn yoki ovozli shaklda yuboring.

XS
SM
MD
LG