Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:32

O‘zbekiston Ichki ishlar tizimida o‘zgarishlar ro‘y berdi


O‘zbekistonda ichki ishlar vazirining muovinlari hamda ayrim viloyatlarning ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari ishdan olinib, o‘rniga boshqa odamlar tayinlandi. Ushbu lavozim o‘zgarishlari Shavkat Mirziyoev O‘zbekistonning muvaqqat prezidenti etib tayinlanganidan o‘n kun o‘tib amalga oshmoqda. Mirziyoev ayni paytda "Ichki ishlar organlari" to‘g‘risidagi qonunga imzo chekkan.

“Postda” nashriga ko‘ra, polkovnik Saidkarim Nishonboev O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Polkovnik Alisher Ergashev O‘zbekiston IIV Huquqbuzarliklarning oldini olish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.

Farg‘ona IIB Huquqbuzarliklarni oldini olish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Farruh O‘sarov, Farg‘ona shahar Ichki ishlar boshqarmasiga podpolkovnik Rahmonali Musaev, Qo‘qon IIBga — podpolkovnik Azimjon Yuldashev, Quvasoy ichki ishlar bo‘limiga — podpolkovnik Qudratjon O‘rinboev, Uchko‘prik tuman IIBga — podpolkovnik Ziyohidin G‘afurov tayinlangan.

Podpolkovnik Otabek Saydahmedov Samarqand viloyat Qo‘shrabot tuman IIB boshlig‘i etib tayinlandi.

Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi tizimida ham o‘zgarishlar bo‘ldi.

Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vazirining yangi o‘rinbosari lavozimini esa Aytbay Temirxanov egallagan.

Ushbu lavozim o‘zgarishlari Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston muvaqat prezidenti etib tayinlanganidan o‘n kun o‘tib amalga oshmoqda.

O‘zbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi, O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev "Ichki ishlar organlari" to‘g‘risidagi qonunga imzo chekdi.

Qonunga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi bevosita mamlakat prezidentiga bo‘ysunadi.

Kelasi oydan kuchga kirishi kutilayotgan qonunda IIV tizimida xizmat qiladigan xodimlarning huquqiy va ijtimoiy muhofazasi belgilangan.

Ichki ishlar xodimlarining o‘qotar quroldan foydalanish tartiblari qayd etilgan.

O‘zbekistonlik huquq himoyachilari, siyosatshunoslar va xalqaro tashkilotlar mustaqillik yillaridan buyon militsiya to‘g‘risida qonun yo‘qligini qayta-qayta aytib kelishadi.

O‘zbekiston rasmiy statistikasiga ko‘ra, so‘nggi 9 oy ichida aholidan amaldorlar, huquq-tartibot idoralari va nazorat organlariga oid tushgan 500 shikoyatning har beshinchisi ichki ishlar xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari ustidandir.

Endilikda IIV to‘g‘risidagi qonun kuchga kirsa, sirada O‘zbekiston MXX xizmati qoladi. Zero, O‘zbekistonda Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida ham shu paytgacha qonun qabul qilinmagan.

XS
SM
MD
LG