Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:50

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasi ochildi


Чегаралардаги ўтказиш пунктларидан бири.
Чегаралардаги ўтказиш пунктларидан бири.

Dushanba - 19 sentabr kuni ertalabki soat 8da O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida shu kungacha yopiq qolayotgan chegaralar rasman ochildi. Ozodlikka yetib kelgan xabarlarga qaraganda, chegara yopilishi munosabati bilan 3 sentabrdan 18 sentabrgacha qamal holatida qolgan O‘zbekistonning So‘x ekslavidagi chegara o‘tkazish punktida o‘nlab odam chegaradan o‘tish uchun navbat kutmoqda. Chegaralar O‘zbekiston ikki davlat o‘rtasida bahsli ekani aytilib kelinayotgan Ungartepa hududiga kiritgan militsiya desantini olib chiqib ketganidan bir kun o‘tib ochildi.

Ўзбекистон-Қирғизистон чегараси очилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:52 0:00
Бевосита линк

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasi 19 sentabr tongida ochilganini Ozodlik radiosiga Qirg‘iziston Chegara xizmati matbuot kotibi Sajira Cho‘qo‘lo‘eva tasdiqladi.

-O‘zbekiston va Qirg‘iziston vatandoshlarining chegaradan o‘tishi bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar bekor qilindi. Ya’ni, bundan buyon bu ikki davlat vatandoshlari chegaradan hech qanday to‘siqlarsiz o‘tishi mumkin, -dedi Sajira Cho‘qo‘lo‘eva.

Unga ko‘ra, cheklovlar O‘zbekiston tomonidan ham, Qirg‘iziston tomonidan ham teng ravishda bekor qilingan.

Sajira Cho‘qo‘lo‘eva chegaradan o‘tish jarayonida O‘zbekiston vatandoshlari qandaydir to‘siqlarga yoki noqonuniy harakatlarga duch kelsalar Qirg‘iziston Chegara xizmati ishonch telefonlariga murojaat qilishlari kerakligini aytdi:

-Har bir chegara punktida stendlar bor. O‘sha yerda ishonch telefonlari ko‘rsatilgan. Har bir vatandosh mana shu telefon orqali biz bilan bog‘lanishi mumkin, - dedi Sajira Cho‘qo‘lo‘eva.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasi ochilishi to‘g‘risidagi gaplardan xabar topgan o‘nlab so‘xliklar chegara o‘tkazish punktiga kelib navbat kutib turgani haqida Ozodlikka mahalliy aholi vakillaridan biri ma’lum qildi.

Suhbatdoshimizning aytishicha, ertalabki soat 10larda ham O‘zbekiston tomonidan chegara ochilmagan. Chegarachilar bu holatni hali rasmiy buyruq kelmagani bilan izohlagan.

-Hozir qirg‘izlarga kelgan buyruq bo‘yicha nargi tomon chegarasi ochilibdi, lekin O‘zbekistondan hozircha topshiriq bo‘lmabdi. Biroq odamlar shunga qaramay chegaradan o‘tish uchun navbatga turishibdi. Chegarachilardan so‘rasam: “Chegara ochilishini eshitganmiz, rasmiy buyruq kutayapmiz”, deyishdi. Buyruq bir soatlar ichida kelib qolar ekan, -dedi so‘xlik suhbatdosh.

So‘xliklarning Ozodlik radiosiga ma’lum qilishicha, chegaraning O‘zbekiston qismi Toshkent vaqti bilan soat 11larda ochilgan.

Suhbatdoshimiz Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegaralarini yopib qo‘ygan 3 sentabrdan beri qamal holatida qolgan So‘xda qiyinchiliklar yuzaga kelganini aytdi:

-Haqiqatan benzin narxlari ko‘tarildi. Ba’zi ukollar va dori-darmonlar tanqis bo‘lib qoldi. Oziq-ovqat narxlari ham bir oz oshdi, lekin oziq-ovqat taqchilligi bo‘lmadi, hamma mahsulotlar magazinlarda sotildi. Chegaralar yopilganidan iqtisodiy zarar ko‘p bo‘lgani yo‘q, lekin ma’naviy zarar katta bo‘ldi, -dedi suhbatdosh.

Ozodlik radiosi avvalgi eshittirishlarida chegara yopiqligi tufayli So‘x va Shohimardon eksklavlarda yashaydigan o‘quvchi va talabalar O‘zbekistonning asosiy hududidagi o‘quv yurtlariga yetib borolmayotgani, bu yerlarga qarindoshlarini ko‘rish yoki dam olish uchun kelgan vatandoshlar o‘z uylariga qaytolmayotgani haqida xabar bergan edi. Birgina So‘xning o‘zida qariyb 400 o‘g‘il-qiz o‘quv joylariga borolmay qolgani aytilgan.

So‘x va Shohimardon ekslavlari deyarli 40 kun qamal holatida bo‘ldi. Qirg‘iziston chegarani 3 sentyabrda berkitgan bo‘lsa, O‘zbekiston o‘z chegarasini avgust oyida yopgan edi.

Qirg‘iziston tomoni chegaraning yopilishini mamlakatda Ko‘chmanlar 2-butunjahon o‘yinlari va MDH sammiti o‘tkazilishi bilan bog‘lagan edi. Biroq chegara 18 sentabrda O‘zbekiston Ungartepaga kiritgan 20 nafar militsionerni bahsli hududan olib chiqib ketganining ertasi kuni ochildi.

Toshkent ikki davlat o‘rtasida bahsli ekani aytilib kelinadigan Ungartepa hududiga 22 avgustda militsiya desantini kiritgani ortidan O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlarida keskinlik paydo bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG