Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:32

Jizzax militsiyasi “Prezident vakolatini olgan odam topshirig‘ini bajartirishga" tashlandi


Jizzaxliklar paxta terimiga chiqishga majburlanayotganliklarini aytishadi
Jizzaxliklar paxta terimiga chiqishga majburlanayotganliklarini aytishadi

“Prezident vakolatini olgan odamning topshirig‘ini bajarmaslikka haqqing yo‘q!” Bu so‘zlarni Jizzax viloyati Jizzax tumani paxta shtabining o‘zini Laziz Fayziqulov, deb tanishtirgan xodimi paxta terimiga chiqishni istamagan tadbirkorga nisbatan tahdid ohangida qo‘lladi.

Ozodlikka yetib kelgan audiofaylda paxta shtabi xodimi Laziz Fayziqulov do‘kondorga, agar u paxta terimiga chiqmasa, do‘konini butunlay berkitib tashlash bilan tahdid qiladi.

Do‘kondorga militsiya xodimi hujjatini ko‘rsatgan Laziz Fayziqulov paxtani bugun “70 yoshli kampirlar” ham terayotganini aytadi.

Surati Ozodlikka yetib kelgan Laziz Fayziqulov paxta terimiga chiqish buyrug‘ini bajarish “majburiy” ekanini aytadi.

Quyida paxta shtabi xodimi va do‘kondor o‘rtasida bo‘lib o‘tgan "qizg‘in suhbat"dan parcha:

Полиция ходими ва дўкондор ўртасидаги мунозара
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:47 0:00
Бевосита линк

Shtab xodimi: Qachondan chiqasan?

Do‘kondor: Ie, men chiqa olmayman. Kim ishlaydi?

Shtab xodimi: Ie, do‘konlar yopiladi-ku ertadan?!

Do‘kondor: Ie, axir men nalog to‘layman.Tadbirkorlarga hech aloqasi yo‘q-ku paxtani?!

Shtab xodimi:(Kuladi)

Do‘kondor: Qanday aloqasi bo‘ladi?

Shtab xodimi: Qanday aloqasi bo‘lmaydi?

Do‘kondor: Masalan, nalogimni kim to‘laydi?

Shtab xodimi: Nalogingni to‘xtatasanda.

Do‘kondor: Tadbirkorga bu (paxta terimi) umuman aloqasi yo‘q. Tadbirkorga xalaqit berish kerak emasku?!

Shtab xodimi: (istehzo bilan) Kechirib qo‘yasan... Paxta - davlatning siyosati. Nima deyapsan sen?! Tadbirkorliging kecha ochildi-ku. Paxta ochilganiga 25 yil bo‘ldi. Mustaqil bo‘lganidan beri davlatning siyosatiga kirgan. Paxta strategik ahamiyatga ega.

Do‘kondor: Lekin, mehnat kodeksi degan narsa bor.

Shtab xodimi: Tadbirkorlikka nechi pul to‘laysan? Paxta butun davlatni boqayapti.

Do‘kondor: Mehnat qilish hammaning o‘z huquqi, to‘g‘rimi? Majbur emasman!

Shtab xodimi: Majbursan!

Do‘kondor: Men SSSRda yashayotganim yo‘q-ku?!

Shtab xodimi: Majbursan! Kechirib qo‘yibsan. Majburiy tartibda chiqasan sen! Shu mahallada yashayapsanmi, shu erda nafas olayapsanmi?! Chiqasan kak polojeno!

Do‘kondor: Men majbur emasman.

Shtab xodimi: Majbursan! Chiqasan sen! Shu davlatda yashayapsanmi?! Mana paxta kiyib yuribsanmi?! O‘sha mana shu paxta! Shu terilayotgan paxtadan bo‘layapti mana shu!

Do‘kondor: Konstitutsiyada yozilganmi shu?

Shtab xodimi: Bosh vazir topshirig‘i bu. Tushunayapsanmi?! Hozir vaqtinchalik prezident vakolatini olgan bosh vazir topshirig‘ini bajarmaslikka haqqing yo‘q! Tushundingmi? Sen bajarmayman, degin shu narsani...

Do‘kondor: Bajarmayman. Bajarmayman...

Shtab xodimi: Kechirib qo‘yibsan. Haqqing yo‘q seni. Prezident vakolatini olgan odamning topshirig‘ini bajarmaslikka haqqing yo‘q!

Do‘kondor: Og‘zaki gap buning hammasi. Og‘zaki...

Shtab xodimi: Og‘zaki topshiriq ham – topshiriq! Sen nima deyapsan?

Do‘kondor: Yozma, qonunda ko‘rsatilishi kerak.

Shtab xodimi: Kechirasan sen. Men tilxat olib kelaman, qo‘l qo‘yasan chiqmayman deb. Tushundingmi?

Do‘kondor: Chiqmayman, deb qo‘l qo‘yib beraman.

Shtab xodimi: Bo‘ldi, men senga zayavlenieni olib kelaman. Bajarmayman, deb qo‘l qo‘yib berasan. Qani ko‘ramiz. Provokatsiya qilasan... O‘tmaydi u. Chiqishga majbursan sen!

Do‘kondor: Majburmasman. Erkim o‘zimni qo‘limda. Mustaqil davlatda yashayapman.

Shtab xodimi: Chiqasan sen. Sen bu yerda agitatsiya qilma! Sen, aksincha, O‘zbekistonga qo‘shil! Chiqinglar, paxta teringlar, deb agitatsiya qil, yaxshisi! Chiqmasang, ketingni qisib o‘tir, lekin agitatsiya qilma, chiqmanglar, deb. Men hukumatning topshirig‘ini bajarayapman!

Do‘kondor: Hujjatingiz bormi?

Shtab xodimi: Nima deyapsan sen?! Yelkamda pogonim, kissamda hujjatim bor! Mana yozib qo‘yipti hujjatimga! Fayziqulov Lazizman dedim. Yozib olishing mumkin. Teramiz. Keraka bo‘lsa o‘zim chiqib teraman. Yetmish yoshli kampirlar terayapti, sen yosh bolaku hali...

***

Paxta - davlatning siyosati, deydi militsiya xodimi.
Paxta - davlatning siyosati, deydi militsiya xodimi.

Ozodlik Laziz Fayziqulovning o‘zi bilan bog‘lana olmadi.

Ismini oshkor etmaslik sharti bilan Ozodlikka gapirgan do‘kondor esa paxta terimiga chiqmaslik uchun hokimiyat vakillariga har kuni 25 ming so‘mdan berishga majbur bo‘layotganini aytdi.

Ayni paytda Jizzax viloyati paxta shtabining a’zosi odamlarni paxta terimiga chiqarish uchun ichki ishlar xodimlari ham jalb etilganini tasdiqladi.

XS
SM
MD
LG