Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:59

Nyu-Yorkdagi portlash bo‘yicha 5 kishi so‘roq qilindi, Ahmad Xon Rahamiy qidiruvga berildi


AQSh rasmiylarining bildirishicha, 19 sentabr kuni ertalab bir guruh sapyorlar Nyu-Jersida joylashgan temir yo‘l stansiyasi yaqinidagi chiqindi qutisida topilgan shubhali moslamani robot yordamida zararsizlantirishga urinayogan paytda moslama portlab ketgan.

Elizabet shahri meri Kristian Boluaj mutaxassislar temir yo‘l stansiyasi yaqinida, chiqindi qutiga uloqtirilgan paket ichida topilgan beshga yaqin shubhali moslamani zararsizlantirishga urinayotganini aytdi.

Hozircha jarohat olganlar haqida xabar yo‘q.

17 sentabr kuni Manxettenda amalga oshirilgan portlashda 29 odam jarohat oldi. Voqea sodir bo‘lgan joy yaqinida portlatilmagan yana bir moslama topildi.

AQSh matbuoti 18 sentabr kuni kechqurun besh odam Manxettendagi portlash bo‘yicha so‘roq qilingani haqida xabar tarqatdi.

Xabarlarga ko‘ra, bu shaxslar Nyu-Yorkning Bruklin rayonidagi shosseda qo‘lga olingan va Manxettendagi Federal qidiruv byurosi binosiga olib borilgan.

Federal qidiruv byurosi 19 sentabr kuni ertalab so‘roq qilingan besh shaxsning birortasiga ham rasmiy ayblov qo‘yilmaganini bildirdi.

Bu xabar ortidan Nyu-York shahrining Manxetten qismida shanba kuni amalga oshirilgan terroristik hurujni uyushtirganlikda Nyu-Djersi shahrida istiqomat qiluvchi AQSh vatandoshi, 28 yashar Ahmad Xon Rahamiy gumon qilinmoqda. Bu haqda Nyu-York shahri meri Bill de Blazio bayonot berdi.

Nyu-York shahri politsiya boshqarmasi uning fotosuratini tarqatdi.

Reyter agentligiga ko‘ra, Nьyu-York gubernatori Endryu Kuomo portlash chet ellik guruhlar tomonidan uyushtirilgan, degan.

Federal tergovchilarning aytishicha, bombada Tannerit qoldiqlari topilgan. Tanerit portlovchi modda bo‘lib, undan o‘q otish mashqlarida foydalaniladi. Uni sport mahsulotlari do‘konlarida topish mumkin.

Bu orada Nyu-Jersida yana bir bomba portladi, natijada rejalashtirilgan harbiy xayriya tadbiri bekor qilindi.

Rasmiylar hozircha hujumlarni xalqaro terrorizmga bog‘lovchi dalil yo‘q ekanligini aytishmoqda.

XS
SM
MD
LG