Линклар

GM Uzbekistan rahbari Tohirjon Jalilov hibsdan sudgacha garov evaziga ozod qilindi


GM Uzbekistan sobiq bosh direktori Tohir Jalilov

GM Uzbekistan sobiq bosh direktori Tohir Jalilov

Joriy yilning 29 aprelidan beri O‘zbekiston MXX ining Toshkentdagi tergov hibsxonasida qolaëtgan GM Uzbekistan qo‘shma korxonasining sobiq rahbari 46 yashar Tohirjon Jalilov hibsdan ozod qilindi.

Ozodlikka 19 sentabrda ma’lum bo‘lishicha, Jalilov o‘tgan haftada shaharni tark etmaslik sharti bilan, xalq orasida “Gvardeyskiy”, deb yuritiladigan Yunusoboddagi MXX tergov izolyatoridan sudgacha ozodlikka chiqarilgan.

Jalilovning hibsxonadan chiqqanligini ma’lum qilgan Moskvadagi va "O‘zavtosanoat" hissadorlik shirkati boshqaruvidagi manbalarning bildirishicha, “Tergov-surishtiruv jarayonidagi yangi tafsilotlar ortidan¸ ayblanuvchini vaqtincha ozodlikka chiqarilishi borasidagi advokat so‘rovi qondirilgan”

"O‘zavtosanoat"ga yaqin yana bir manbaning aytishicha¸ Jalilov Jinoyat-protsessual kodeksining 2421-moddasiga asosan, garov puli evaziga uy qamog‘iga olingan.

2010 yildan beri o‘zbek avtokonsernini boshqargan va bir vaqtning o‘zida "O‘zavtosanoat" hissadorlik shirkati boshqaruv raisi o‘rinbosari ham bo‘lib ishlagan sobiq mulozim Tohirjon Jalilov tovlamachilik yo‘li bilan shirkat pullarini o‘zlashtirganlikda gumon qilinib, joriy yilning apreli oxirida hibsga olingan edi.

Ozodlikning "O‘zavtosanoat" shirkatidagi manbasiga ko‘ra, "O‘zavtosanoat" tizimlarida jiddiy taftishlar ortidan Jalilov GM Uzbekistan korxonasi ishlab chiqargan mashinalarni Rossiyaga eskport qilishda noqonuniy sxemalar yordamida katta miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirganlikdan gumonlangan.

"O‘zavtosanoat" tizimlarida jiddiy taftishlarda Jalilovdan tashqari yana kamida 10 odam, jumladan uning o‘g‘li ham tergovga chaqirilgan edi.

"O‘zavtosanoat" hissadorlik shirkati boshqaruvidagi manbalarning bildirishicha¸ “Respublikada rahbar o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyat bois Jalilov shaxsiga va umuman bu tekshiruvga ëndashuv o‘zgargan”

- Jalilov iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha so‘roq qilindi. Tergov davomida Rossiyaning Voronej, Lipetsk va Ijevsk shaharlaridagi Tohirjon Jalilovga tegishli bo‘lgan mol-mulk¸ hususan "Malika" sharq oshxonalari tarmog‘i sotuvga qo‘yildi. Agar aniq qilib aytsak, ayblanuvchi zararni qoplash uchun qadamlar qo‘ydi. Eng asosiysi Jalilovga qarshi tendensiya o‘zgardi. Esingizda bo‘lsa marhum prezident “Ravon” rusumli avtomobillar eksportining valyuta tushumlari bilan qiziqqanida tayinli javob ola olmaganidan keyin Jalilov ustidan tekshiruv boshlanib ketgan edi. 2 sentabrdan keyingi sharoit (Karimov o‘limidan keyingi demoqchi - tahr) bir oz bo‘lsa ham farqli. Jalilovni nima qilib bo‘lsa ham aybdor qilish istagi yo‘q hozir ¸- deydi manba.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha hibsxonadan ozod bo‘lgan Jalilov GM -Uzbekistan bilan bog‘liq jinoiy ishda figurantligicha qolgan.

Jalilov bilan birga bu jinoiy ishning yana ikki figuranti ham hibsdan garov evaziga uy qamog‘iga o‘tkazilgan.

Tohirjon Jalilovning ustidan mahkama qachon o‘tkazilishi aniq emas.

XS
SM
MD
LG