Линклар

OzodNazarning bugungi mehmoni. AQShda istiqomat qilaëtgan o‘zbek jurnalisti Jahongir Muhammad O‘zbekistonning muvaqqat prezidenti Shavkat Mirziyoevning yaxshi ishlar qilishidan umidvor ekanligini izxor qildi.

Jahongir Muhammad 1990 yilda Shavkat Mirziyoev bilan O‘zbekiston Oliy kengashida birga faoliyat yuritgan paytlarini eslab, “men bilgan Mirziëev ëmon odam emas edi”, dedi.

Suhbatdoshga ko‘ra, Mirziyoevning “Karimov ishdan ketkizgan odamlarni qaytarishida ham xayr bor”.

- Karimov ishdan haydaganlarning hammasini ham yomon odam, deya olmaymiz. Ular Karimov nazarida yomon odamlardir. Balki ular ishning ko‘zini bilar¸ balki ularning qaytishi yaxshilikdir. Men Mirziyoev yaxshi o‘zgarishlar qilishidan umidvorman, dedi suhbatdosh.

XS
SM
MD
LG