Линклар

Joriy yilning 16 sentabridan 18 sentabrigacha o‘zbekistonlik huquq faollaridan iborat “Qo‘rqmaslar” guruhi Toshkent viloyatining bir necha tumanida byudjet tashkiloti xodimlarining paxta terimiga majburiy jalb qilinishi yuzasidan monitoring o‘tkazdi.

Guruh vakili Malohat Eshonqulovaga ko‘ra, Toshkent viloyatining Chinoz, Yangiyo‘l, Bo‘ka va Quyi Chirchiq tumanlarida dala ishlariga jalb qilingan tibbiyotchilar g‘ayriinsoniy shart-sharoitlarda paxta termoqda.

Jurnalist va huquq faoli Malohat Eshonqulova.

Jurnalist va huquq faoli Malohat Eshonqulova.

Eshonqulova bilan suhbatni quyida tinglashingiz mumkin:

“Qo‘rqmaslar” guruhi faollari dalalarga haydalayotgan o‘zbekistonlik tibbiyotchilar huquqini himoya qilish niyatidalar hamda byudjet tashkilotlari xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilayotgan o‘zbek rasmiylarini javobgarlikka tortish masalasida xalqaro hamjamiyatdan yordam so‘ramoqdalar.

XS
SM
MD
LG