Линклар

logo-print

Guvohlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik erkak qiz bolani xiyobonga sudrab borgan, uning tepasiga chiqib bo‘g‘a boshlagan va qizchani zo‘rlashga harakat qilgan.

Informburo.kz internet nashri xabar qilishicha, bu qo‘rqinchli jinoyatni Djezkozgan shahrining 38-yoshli yashovchisi oldini olgan. U 10 yashar qizni zo‘rlashga harakat qilayotgan yigitni qo‘rqitib yuborgan. Uning o‘zi politsiyani chaqirtirgan va xiyobondagi notanish odam balog‘atga yetmaganga nisbatan zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirishga uringanligi to‘g‘risida xabar qilgan.

«Janubiy Qozog‘iston viloyatida yashaydigan 23-yashar O‘zbekiston Respublikasi vatandoshi voqea joyida ushlangan. Ayni vaqtda gumondor shaxs vaqtinchalik saqlanish izolyatoriga joylashtirilgan. Tergov amalga oshirilmoqda», – deb xabar qilinadi Qarag‘anda viloyati IIB matbuot xizmatida.

Hibsdagi shaxsga nisbatan bir necha bor amalga oshirilgan jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari hamda jinoyat qilishga suiqasd ayblovi bo‘yicha sudgacha tergov tekshiruvi olib borilmoqda.

XS
SM
MD
LG