Линклар

Ashxobodda davlat do‘konidan sigaret sotib olmoqchi bo‘lgan olomonni militsiya haydashga majbur bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, bunday xolatlar ko‘p bo‘lgan, lekin tsirk binosi yaqinidagi do‘konda 8 sentabr kuni bo‘lgan voqea haqida tafsilotlar bor. U yerda ertalab soat 8 dan sigaret sotish boshlangan, lekin ikki soat o‘tar-o‘tmas sotuvni to‘xtatib militsiya chaqirishga to‘g‘ri kelgan, chunki navbatda turgan olomon nazoratdan chiqib, sotuvchilar va bir-birlari bilan to‘qnashib, mushtlashish boshlanib ketgan.

Voqea joyiga yetib kelgan militsiya naryadlari 500 dan ziyod odamni zo‘rg‘a bilan tinchlantirgan. Bir quti sigaret 12 manatdan sotilgan va kishi boshiga bir qutidan ortiq sotilmagan. Qo‘lda esa eng arzon sigaret 42 manat, donasi esa uch manat turadi.

Mana bir necha haftaki, Turkmanistonda tamaki mahsulotlari sotilmaydi. Avvalroq esa nodavlat tashkilotlar va xususiy shaxslar tomonidan tamaki mahsulotlarini olib kirish taqiqlangan edi. Lekin amalda Savdo Vazirligining bo‘linmalari aholini doimiy va yetarli miqdorda tamaki mahsulotlari bilan ta’minlashga tayyor emasligini ko‘rsatdilar, shu sabab ta’minot masalasida doimiy uzilishlar bor, sigaretning qora bozordagi narxi esa kun sayin ortib bormoqda.

O‘sha kunlari 1 dollar qora bozorda 5,5 manatdan sotilgan bo‘lsa, olish esa 5 manatdan bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG