Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:06

Mirziyoev meva-sabzavot eksportchilariga yengillik berdi. Go‘yoki...


O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev imzolagan va 20 sentabr kuni kuchga kirgan qarorga binoan o‘zbekistonlik meva-sabzavot eksportyorlari bundan buyon davlatga valyuta tushumining faqat 25 foizini sotadi. Shu paytgacha eksportchilar valyuta tushumining 50 foizini sotishga majbur edi.

Tahlilchilar fikricha, bu, shubhasiz, eksportyorlarni quvontiradigan choradir. Biroq qarorning umumiy mazmunidan O‘zbekistonda meva-sabzavot eksporti bilan shug‘ullandigan barcha sub’ektlar uchun sharoitning bir xil emasligi saqlanib qolgani anglashiladi.

“O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” dasturida o‘qib eshittirilgan qarorga muvofiq, 20 sentabrdan boshlab tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan kat’i nazar, eksport qiluvchi korxona va tashkilotlar, shu jumladan, mikrofirmalar, kichik korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari yangi meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 25 foizini belgilangan tartibda majburiy sotishni amalga oshiradi. Bungacha esa mazkur ko‘rsatkich 50 foizni tashkil etar edi.

Hujjatda yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksportga yetkazib berish yuklab jo‘natiladigan mahsulot qiymatining kamida 30 foizini oldindan to‘lash shartlarida amalga oshirilishi ham ko‘zda tutilgan. Qolgan qismi uchun tasdiqlangan bank akkreditivi ochiladi yoxud birinchi klassli xorijiy bank kafolati rasmiylashtiriladi.

Ayni paytda boshqa bir eksportchi oldiga bunday talablar qo‘yilmadi

“O‘agroeksport” ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasiga yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri eksport kontraktlari asosida fermer va dehqon xo‘jaliklari, agrofirmalar va qayta ishlovchi korxonalar bilan tuzilgan komissiya shartnomalari bo‘yicha oldindan to‘lovsiz tasdiqlangan bank akkreditivi ochmasdan yoxud birinchi klassli xorijiy bank kafolati rasmiylashtirmasdan faoliyat yuritishga ruxsat berildi.

O‘zbekiston hukumatining sobiq mulozimi, Astanadagi Yevroosiyo universiteti dotsenti Saparboy Jubaev Shavkat Mirziyoev imzolagan so‘nggi qarorning birinchi qismini olqishladi.

- Hukumat meva-sabzavot eksportchilarini rag‘batlantirish uchun eksportdan tushadigan valyutaning 25 foizinigina majburan sotish shartini qo‘ydiki, bu shu kungacha bo‘lgan 50 foizli me’yorning yarmidir va buni olqishlash lozim, dedi Saparboy Jubaev.

Ayni paytda, tahlilchi fikricha, qarorda “O‘zagroeksport” uchun alohida imtiyozlar kafolatlab qo‘yilganki, gatijada bozordagi barcha o‘yinchilar uchun bir xil sharoit yaratilmagan.

Сапарбой Жубаев мева-сабзавот экспортига оид сўнгги қарор тўғрисида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:58 0:00
Бевосита линк

O‘zbekiston hukumati bu yil meva-sabzavot eksporti masalasiga oshig‘ich e’tibor bera boshladi.

Vazirlar Mahkamasining meva-sabzavotni yuk mashinalarida eksport qilishga ruxsat beruvchi 1 apreldagi qaroridan so‘ng, o‘sha oydayoq mamlakat Prezidenti shu sohaga oid 3 ta qaror qabul qilgan edi.

Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston 2020 yilgacha meva-sabzavot yetishtirishni hozirgi ko‘rsatkichdan ikki martaga ko‘paytirajagi to‘g‘risida 12 iyul kuni Toshkentda ochilgan Birinchi meva-sabzavot xalqaro yarmarkasi marosimida bayonot bergan edi.

Mirziyoevga ko‘ra, bu yil O‘zbekistonda 16 million tonna meva va sabzavot yetishtiriladi. Bu ko‘rsatkich yaqin to‘rt yil ichda 32 million tonnaga yetkaziladi.

Iyulning so‘nggi kunlarida O‘zbekiston joriy yilning birinchi yarmida meva-sabzavot eksporti hajmini bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 30%ga oshirib, 354 ming tonnaga yetkazgani xabar qilindi.

Bu haqda xabar qilgan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga ko‘ra, eksportga chiqarilgan mahsulotning 270 ming tonnasi meva, 130 ming tonnasi uzum, 1,3 ming tonnasi poliz mahsulotlaridir. Eksport umumiy hajmining 60-65 foizi Rossiya hisobiga to‘g‘ri kelgan.

14 sentabrda esa, Moskvaga safar qilgan Bosh vazir birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov yetakchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun "yashil yo‘lak" ochib berish taklifi bilan Rossiyaga murojaat qildi.

XS
SM
MD
LG