Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 03:45

Zararkunandalarga chidamli geni o‘zgartirilgan paxta navi kashf etildi


Hindistonlik olimlar genetik modifikatsiyalangan, ya’ni gen xujayralari o‘zgartirilgan paxtaning yangi navini kashf etishdi. Bu kashfiyot g‘o‘zaning gul, shona va ko‘saklarini g‘ajuvchi va shu bilan paxta xosildorligiga ziyon yetkazuvchi oq qanotli zararkunandalarga qarshi kurashda muhim yutuq sifatida ko‘rilmoqda.

Nature Biotechnology nashriga ko‘ra, hindistonlik olimlarni gen xujayralari o‘zgartirilgan paxtaning ko‘sak qurtiga chidamli bo‘lgan navini yaratishga paporotniklar ilhomlantirgan.

Yirik patsimon paporotniklar zararkunanda hashoratlarga ancha chidamli o‘simlik hisoblanadi.

Paporotniklar tarkibidagi oqsil uni hashoratlardan himoyalaydi.

Hindistondagi bir qancha ilmiy muassasalarning olimlari yaratgan paxta navi o‘zida paporotniknikiga o‘xshash oqsil ishlab chiqaradi.

Ko‘sak qurti esa tarkibida bunday oqsil bo‘lgan paxta naviga tushmaydi.

Gen xujayralari o‘zgartirilgan paxta navining yana bir jihati u boshqa hashoratlar uchun zararli emasligidir. Olimlar bunday paxta navi tabiatga ziyon yetkazmaydi, demoqda.

Genetik modifikatsiyalangan o‘simliklar xavfsizligi aksariyat davlatlarda bioxavfsizlik uchun mas’ul bo‘lgan idoralar tomonidan nazorat qilinadi.

Ayrim mutaxassislar, genetik modifikatsiyalangan o‘simliklardan tayyorlangan mahsulotlar inson salomatligi va atrof-muhitga zararli ekanini ta’kidlab keladilar.

Ko‘sak qurtlari O‘zbekistonda ham ko‘p tarqalgan zararkunandadir.

Mamlakatda paxta hosilining 20—30 foizi, ayrim xo‘jaliklarda esa 70 foizi aynan ko‘sak qurti tufayli nobud bo‘ladi.

XS
SM
MD
LG