Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:35

O‘zbekistondagi banklar: "Valyuta zahiramiz bemorlardan ortmayapti"


O‘zbekistonda banklardan xorijga chiqqanda foydalanaladigan konversion to‘lov kartalarini olish o‘ta qiyinligicha qolmoqda. Banklarda odamlar karta olish uchun oylab navbat kutishayotganini aytishadi. Ayrim banklar konversion kartalarni berishni vaqtincha to‘xtatgan. Bank mulozimlari buning sababini O‘zbekistonda valyuta zahirasining kamligi bilan izohlamoqda.

Toshkentdagi “KDB Bank Uzbekistan”ning mijozlaridan biri Ozodlik bilan suhbatda chet elga chiqish uchun zarur bo‘lgan xalqaro VISA kartasini uch oydan buyon ololmay sarson bo‘layotganini aytdi.

– Hamma hujjatlarni topshirganman, telefon qilib turasiz, javobini aytamiz, deyishgandi. Har kuni telefon qilaman, javob yo‘q, - deydi ismi sir qolishini istagan “KDB Bank Uzbekistan”ning mijozi.

Ozodlik surishtiruvi davomida Toshkentdagi bir necha boshqa banklar ham mijozlarga xalqaro VISA kartochkasi berishni to‘xtatganini tasdiqladi.

Toshkentdagi “Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat bankining o‘zini tanishtirmagan mulozimi Ozodlik bilan suhbatda mijozlarga xalqaro VISA kartalari berish vaqtincha to‘xtatilganini aytdi:

- Hozir birinchi navbatda chet elga o‘qishga ketayotgan, davolanish uchun xorijga otlanayotgan bemorlarga beryapmiz, - dedi “Kapitalbank” mulozimi.

O‘zbekistonda valyutani erkin sotib olish imkoni bo‘lmagani bois, xorijga safar qilayotgan fuqarolar tijorat banklarida bank to‘lov kartalarini ochib, ikki ming AQSh dollarigacha miqdorda naqdsiz valyuta sotib olish imkoniga ega edi.

Lekin, banklarda valyuta yo‘qligi sababli odamlar bu imkondan mahrum bo‘lmoqda.

O‘zbekiston bank tizimidagi Ozodlik manbasi ayrim tijorat banklarida haqiqatan konversion kartalar berishga cheklov boriligini tasdiqlar ekan, bu mamlakatning iqtisodiy ahvoliga, eksportga va unga kirib kelayotgan valyutaga bog‘liqligini aytdi.

- Tijorat banklari valyuta zaxirasini asrash uchun shunday chora ko‘rishmoqda, - dedi manba.

Ayni paytda konversion kartani olgan mijozlar ham undan to‘liq foydalanolmayapti.

Uch oy avval O‘zbekiston banklari konversion kartalardan naqd pul echib olishga cheklovlar ham joriy etgan edi.

O‘sha cheklovlarga binoan, O‘zbekiston banklarining konversion kartalaridan bir oyda 300 AQSh dollaridan ortiq pul echib olib bo‘lmaydi.

O‘zbekiston fuqarolari konversion kartalar yordamida xorijiy valyutani davlat kursi bo‘yicha olib, xorijiy davlatlarda foydalanib kelishgan.
O‘zbekiston fuqarolari konversion kartalar yordamida xorijiy valyutani davlat kursi bo‘yicha olib, xorijiy davlatlarda foydalanib kelishgan.

Kunduz kungi limit esa 100 AQSh dollari qilib belgilandi.

Bundan tashqari Xitoy, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklarining ko‘plab terminallarida O‘zbekiston banklarining konversion kartalari qabul qilinmaydi.

Bu kartalar tujjorlar tarafidan suiiste’mol qilinishi oldini olish uchun Markaziy bank shunday chorani qo‘llashga majbur bo‘lgan, aftidan.

Toshkentlik huquq faoli Shoira Saidbekova Ozodlik bilan suhbatda tujjorlar dastidan davolanish uchun Hindistonga, Isroilga ketayotganlar bu imtiyozdan foydalana olmayotganini aytadi.

- Ozgina bo‘lsa ham yengil bo‘lsin deb, davlat narxida valyuta olishga harakat qilishadi, lekin ular ham konversion kartalar ololmay oylab navbat kutishmoqda, - dedi u.

Sodiqbekovaga ko‘ra, yetarli valyutani davlat kursida ololmayotgani sababli jarrohlik amaliyoti uchun Hindistonga borolmayapti.

Saidbekovaning aytishicha, u konvertatsiya so‘rab murojaat qilgan Toshkentdagi banklarning deyarli barchasi “bizda valyuta yo‘q, imkoniyat yo‘q, boshqa bankka murojaat qiling” deb javob qaytarganlar.

- Hindistondagi yurakni davolaydigan klinika jarrohlik amaliyoti uchun 10 ming AQSh dollari talab etishgan. Lekin O‘zbekiston banklari turli sabablarni ro‘kach qilib davolash uchun yig‘ilgan o‘zbek so‘mlarini dollarga almashtirishmayapti, - deydi Saidbekova.

O‘zbekistonda xorij valyutasining rasmiy va “qora bozor” kursi o‘rtasida katta farq bo‘lib kelgan.

Kuzatuvchilarning aytishlaricha, O‘zbekiston mustaqil hamdo‘stlik davlatlari orasida yagona shunday davlat bo‘lib qolmoqda.

Shu kunlarda O‘zbekiston Markaziy bankining 20 sentabrda belgilagan 1 AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 3005 so‘m. Toshkent “qora bozorida” esa bir AQSh dollari 6500 so‘mdan sotib olinmoqda.

Chet el valyutasining ikki xil kursi muayyan doiralar tomonidan saqlanib kelayotgani, bunday holat aynan o‘sha doiralar uchun ulkan miqdorda mo‘may daromad olish imkonini yaratishi to‘g‘risida moliya sohasi mutaxassislari va har narsadan xabardor oddiy o‘zbekistonliklar yillardan bayon aytib keladi.

XS
SM
MD
LG