Линклар

Afg‘oniston hukumati “Hizbi Islomiy” jangari guruhi bilan tinchlik shartnomasi imzoladi


Gulbiddin Hikmatiyor. 2001 yilning 2 oktabrida Tehronda olingan surat.

Gulbiddin Hikmatiyor. 2001 yilning 2 oktabrida Tehronda olingan surat.

Afg‘oniston hukumati Gulbiddin Hikmatiyor rahbarligidagi “Hizbi Islomiy” jangari guruhi bilan tinchlik shartnomasini imzoladi. Shartnoma 22 sentyabrь kuni Qobuldagi Oliy tinchlik kengashi ofisida imzolandi. Bitim to‘liq kuchga kirishidan avval uni prezident Ashraf G‘ani hamda Hikmatiyor rasmiy ravishda imzolashi kerak.

Afg‘oniston matbuoti tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, kelishuv shartlariga binoan Hikmatiyorning "o‘tmishdagi jinoyatlari" afv etiladi. hamda “Hizbi Islomiy” guruhiga a’zo ayrim mahbuslar ozod etiladi. Afg‘oniston hukumati yana Hikmatiyorga qarshi joriy qilingan sanktsiyalar bekor qilinishi uchun kurashadi.

Rasmiy Qobul va jangarilar o‘rtasidagi muzokaralar bir necha oydan beri davom etib kelmoqda.

Ayrim rasmiylar mamlakatdagi eng radikal jangarilardan biri bo‘lmish Hikmatiyor bilan shartnoma imzolanishidan xavotirda.

Inson huquqlari guruhlari Hikmatiyorning inson huquqlarini poymol qilib kelayotgani haqida bong urmoqda.

Hikmatiyor 1990 yillardagi fuqarolik urushi yillarida ko‘plab vahshiyliklarga qo‘l urgan.

“Hizbi Islomiy” yana 2001 yilda AQSh etakchiligidagi xalqaro koalitsiya Afg‘onistonda amaliyot boshlaganiden beri bir necha marta AQSh hamda Afg‘pniston kuchlariga qarshi hujum uyushtirgan.

Rasmiy Qobul “Hizbi Islomiy” bilan shartnoma imzolash toliblarni ham siyosiy jarayonda ishtirok etishga undashiga umid qilmoqda.

XS
SM
MD
LG