Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:03

Oksford jahonning eng yaxshi universiteti deb tan olindi


Britaniya, Oksford universiteti
Britaniya, Oksford universiteti

Britaniyaning Oksford universiteti Times Higher Education nashrining fikriga ko‘ra jahonning eng yaxshi universiteti deb tan olindi. Times Higher Education nashrining Thomson-Reuters axborot xizmati bilan birgalikda tuziladigan jahonning etakchi oliygohlari reytingi shunga o‘xshash uchta nufuzli ro‘yxatlardan biri hisoblanadi.

Ro‘yxatning 13 yillik tarixi davomida birinchi marta sayyoradagi eng yaxshi oliygoh deb Amerikaniki bo‘lmagan oliygoh tan olindi. Ingliz tilidagi so‘zlashuvchi dunyodagi eng qadimiy oliygoh bo‘lmish Oksford universiteti 1096 yilda o‘z eshiklarini ochgan. Joriy yilda Oksford avvalgi besh yil davomida birinchilikni qo‘ldan bermayotgan Kaliforniya Texnologiya institutini ikkinchi o‘ringa surib chiqardi.

Jahonning ikkita eng yaxshi oliygohlari orasidagi birinchi «rokirovka» dan boshqa Times Higher Education ro‘yxati o‘zgarmay qoldi.: uchinchi o‘rinda – Kaliforniyaning Stenford instituti, to‘rtinchida — Angliyaning Kembridj instituti, undan keyin - Massachusets Texnologiya instituti, Garvard, Prinston universitetlari bor. Birinchi o‘ntalikdan 6 ta Amerika oliygohi o‘rin olgan.

Reyting asosida oliy o‘quv muassasalarining ilmiy salohiyati yotadi. U quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlanadi: nashrlar soni, tsitata keltirish, jalb etilgan grantlar miqdori, ekspert hamjamiyat fikri, xorijiy hamkasblar bilan hamkorlikdagi ishlar hajmi. «Bizning ro‘yxatda yetakchilik qilayotgan universitetlar professorlarining tsitata keltirish indeksi o‘n millionlar bilan o‘lchanadi», – deya xabar qilishadi Times Higher Education vakillari.

Faqat bitta Rossiya oliygohi eng yaxshi ikki yuzlikka kirgan – u ham bo‘lsa 188 o‘rinni egallagan MDU. O‘tgan yili bunday oliygohlar Rossiyada to‘rtta bo‘lgan edi. Ro‘yxatda keltirilgan Rossiya oliygohlarining yigirma to‘rttasidan to‘qqiztasi yanada pastroq o‘rinlarga tushib ketishgan.

XS
SM
MD
LG