Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:38

Ashxobodning 2,3 milliard dollarlik yangi aeroportiga kitob bag‘ishlandi


Turkmaniston poytaxtida yangi aeroport 17 sentabrda ochildi.
Turkmaniston poytaxtida yangi aeroport 17 sentabrda ochildi.

Turkmanistondagi ommaviy axborot vositalarining xabar qilishicha, mamlakatning bosh “havo darvozasi” ochilganidan beri bir haftadan kam vaqt o‘tdi. Biroq davlat nashriyoti yangi aviabandargohga bag‘ishlab kitob nashr qilishga ulgurdi. Bu safar uning muallifi prezident emas.

«Ashxobod xalqaro aeroporti» — Turkman davlat nashriyot xizmati tomonidan chop etilgan yangi kitob ana shunday ataladi. U Turkmaniston poytaxtining 17 sentabrda ochilgan yangi aeroportiga bag‘ishlangan. Kitob ifodali syujet bilan boshlanadi: «Hademay yerdan osmonga parvoz qilishga tayyor turgan qushning bahaybat siymosi uzoqdanoq ko‘rinadi». Gap shundaki, aeroport noyob shaklda bo‘lib, turkman aviatsiyasining ramzi bo‘lmish - uchib ketayotgan lochinni eslatadi.

Yangi nashrda aeroportning tuzilishi, tashkil etish va boshqarish tizimlaridagi xavfsizlik mezonlari va reglamentatsiyasini ta’minlash, havo kemalarining erdagi harakatlanish tizimlari, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, yuklarga va bagajga qayta ishlov berish tizimlari to‘g‘risida batafsil gapirib berilgan.

Shuningdek bu yerda gap yuk terminalidagi yangi texnologiyalar, angar sektori va aviatrenajerlik markazi to‘g‘risida boradi.

Kitob uch tilda nashr qilingan – turkman, ingliz va rus tillarida. U ko‘p rasmlar bilan bezatilgan.

XS
SM
MD
LG