Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:28

Qarzga botgan “O‘zbekenergo” rahbari ishdan olindi


O‘zbekistonda "elektr energiyasi sohasida maxsus vakolatga ega bo‘lgan “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati" boshqaruvi raisi Iskandar Basidov ishdan olindi.

Basidov O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev "O‘zbekenergo"ning Angrendagi shirkatlariga qilgan safari ertasiga - 21 sentabr kuni o‘z lavozimidan ozod etildi.

Jamiyat rasmiysining Ozodlikka bildirishicha¸ sobiq rais "salomatligi bois ishdan ketgan va hozirda davolanmoqda".

Ozodlikning “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatida ishlovchi manbasining xabar qilishicha¸ 21 sentabr kuni O‘zbekiston energetika sohasiga qarashli muassasalar rahbarlarining maxsus yig‘ini bo‘lib o‘tgan va unda “O‘zbekenergo” rahbari ishdan olingan.

“Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoev qatnashmadi. Lekin hamma Basidovning Bosh vazir buyrug‘i bilan ishdan olinganini tushundi. “O‘zbekenergo”da ko‘payib ketgan qarzlar raisning boshini edi”¸ dedi Ozodlik manbasi.

22 sentabr kuni “O‘zbekenergo” jamiyatining o‘zini tanishtirmagan rasmiysi bu xabarni tasdiqladi.

“Ha¸ kecha rahbar almashdi. Basidov salomatliklari bois¸ davolanishga ketdilar. O‘rinlariga Salamov degan odam bugundan ish boshladi”¸ dedi jamiyat rasmiysi.

O‘zbekistonda elektr energiyasi bo‘yicha asosiy davlat korxonasi bo‘lgan “O‘zbekenergo” yillardan beri hisobida mablag‘i yo‘qligi bois o‘z ishchi-xizmatchilariga olti oylab oylik bera olmaydigan holga tushgan edi.

Bu jarayonni muntazam kuzatib kelayotgan Ozodlik bilan suhbatda jamiyat rasmiylari “aholi va tashkilotlarning energiya pulini o‘z vaqtida to‘lamayotgani” ortidan shirkat qariyb bankrot holiga tushganini tan olgan edilar.

“Shu paytgacha korxonalarda oyliklar kechikishi yuzaga kelgan paytda bankdan imtiyozli kredit olib, ish haqlari to‘lab kelingan. Lekin bankdan olingan kreditlarni qaytara olmayapmiz. Shuning uchun banklar bizga kredit bermay qo‘yishdi”, degan edi Ozodlik muxbiriga “O‘zbekenergo”ning o‘zini tanishtirmagan mulozimi joriy yil fevralida.

Ozodlikning shirkatda ishlovchi manbasiga ko‘ra¸ “O‘zbekenergo”ning yangi rahbariga bu muammolarni zudlikda hal qilish¸ xususan¸ kelayotgan kuz-qish mavsumida elektr ta’minotidagi uzilishlarga barham berish masalasi qo‘yilgan.

Elektroenergetika va ko‘mir sanoati bo‘yicha boshqaruv organi bo‘lgan “O‘zbekenergo” tarkibiga 51 ta korxona, jumladan, 37 ta aksiyadorlik jamiyati, 11 ta unitar korxona, ikkita mas’uliyati cheklangan jamiyat va kompaniyaning “Energosotish” filiali kiradi.

O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Bosh vazir Shavkat Mirziyoev 20 sentabr kuni Angrenga qilgan safari davomida¸ asosan¸ "O‘zbekenergo" tasarrufidagi korxonalarni borib ko‘rdi.

Xususan¸ Mirziyoev Angren IESning yangi energobloki va «Angren» ko‘mir konidagi yuzani ochish, ko‘mir qazib olish va yetkazish ishlari hamda «O‘zbekko‘mir» AJni qayta jihozlash jarayoni bilan bevosita tanishdi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG