Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:41

Toshkentdagi sobiq traktor zavodi modernizatsiya qilinmoqda


"Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi" modernizatsiya qilinmoqda. Bu haqda ayni nomdagi aksionerlik jamiyati rahbariyati ma’lum qildi.

Zavodni yangilash uchun O‘zbekistondagi "Asaka" banki Toshkent filialidan 60,5 million dollardan ko‘proq mablag‘ ajratilgan.

O‘zbekiston hukumatining 5 avgustda qabul qilgan qaroriga muvofiq, sobiq "Toshkent Traktor Zavodi" (TTZ) bazasida Germanyaning CLAAS kontserni ishtiroki bilan yaqin kelajakda qo‘shma korxona yaratiladi.

O‘zbekiston hukumati va nemis shirkati qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi zavodga 50 milliondan ko‘proq sarmoya yotqizishi kutilmoqda.

Rejaga muvofiq, zavodni modernizatsiyalash jarayoni bosqichma-bosqich uch yil davom etadi.

2015 yil martida Toshkent xo‘jalik sudi TTZga nisbatan bankrotlik jarayonini boshlashga sanktsiya bergandi.

1942 yilda ishga tushgan TTZ Sovet davrida yiliga 12 ming donagacha traktor va 13 ming donagacha tirkama ishlab chiqarardi.

Ammo O‘zbekiston mustaqillikka erishgach zavod o‘z quvvatining 20 foizi bilan ishlay boshladi.

TTZ so‘nggi yillarda qarzga botib qolgani xabar qilinadi.

Paxta terish mashinalari ishlab chiqarish keskin kamayishi barobarida O‘zbekistonda paxta asosan qo‘lda teriladigan bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG