Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:28

Shavkat Mirziyoevga Ozodlik tinglovchilari murojaat qildi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va ayni paytda mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev o‘zining rasmiy saytida virtual qabulxona ochdi.

Mazkur qabulxona O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga ariza, taklif va shikoyatlarni qabul qiladi.

O‘zbekistondagi yuridik va jismoniy shaxslar ushbu saytga kirib, o‘zlari hal eta olmagan muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflari bilan bosh vazirga virtual murojaat qilishlari mumkin.

Ozodlik ba’zi tinglovchilari bilan bog‘lanib, ularga o‘zlari hal eta olmayotgan muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflarlari Bosh vazirga murojaat etib olish imkonini berdi.

Paxta yig‘im-terimi bilan bog‘liq muammolar yillardan buyon hal etilmay kelayotgani, terim jarayoni bu yil, ayniqsa, har yilgidan ham ko‘ra og‘irroq kechayotgani va umuman, bu muammo alohida bir shaxsning emas, balki butun xalqning, mamlakatning muammosi bo‘lib qolgani uchun paxta terimi bilan bog‘liq shikoyatlarni chetlab o‘tdik. O‘zbekistonliklarni paxtadan boshqa yana qanday muammolar qiynayotganiga qiziqdik.

“Baliqchilik fermasi ochishga ruxsat bersin”

Birinchi suhbatdoshimiz Surxondaryoning Jarqo‘rg‘on tumanidan. Uning aytishicha, fermer akasining 4 gektar yerini suv bosib ketgan. Suv shu qadar bosganki, o‘sha 4 gektarli maydonda bemalol baliq boqsa bo‘ladi. Lekin tuman rahbariyati baliqchilik fermasi tashkil qilishga ruxsat bermayapti. Jarqo‘rg‘onlikning Ozodlikka aytishicha, Bosh vazir aralashmasa, masala hal bo‘ladigan emas.

“Балиқчилик фермаси очишга рухсат берсин”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:16 0:00
Бевосита линк

“Rossiyada erkin yashab-ishlab yurishimizga sharoit yaratsin”

Sarlavhaga chiqarilgan iltimos bilan Bosh vazirga Qashqadaryoda qolgan oilasini Rossiyada ishlab topgan puliga boqayotgan yigit Ozodlik orqali murojaat qildi. 10 yildan buyon oilasidan uzoqda yashayotgan, hozirda Moskvada farroshlik qilayotgan qashqadaryolikning aytishicha, keyingi yillarda o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining Rossiyada yashashi va ishlashi juda mushkullashib ketdiki, Shavkat Mirziyoev shu masalaga e’tibor qaratib qo‘yishi kerak.

“Россияда эркин яшаб-ишлаб юришимизга шароит яратсин”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:48 0:00
Бевосита линк

“Qo‘shnim tortib olgan yerimni undan qaytarib olib bersin”

Samarqandning Urgutida yashaydigan tinglovchining Ozodlik orыali Shavkat Mirziyoevga shikoyat qilishicha, qo‘shnisi uning hovlisining bir qismini tortib olganiga bir necha bo‘ldi va mahalliy idoralar rahbarlaridan tortib to sudlargacha “bosqinchi qo‘shnining” yonini olmoqda. Boz ustiga, yerining bir qismidan ajralgan urgutlikni yaqin kunlarda retsidivist sifatida sudlamoqchilar ham. Har holda tinglovchimiz shunday dedi va aftidan, Shavkat Mirziyoev shu ishga ham e’tibor berib qo‘yishi kerakka o‘xshaydi.

“Қўшним тортиб олган еримни ундан қайтариб олиб берсин”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:45 0:00
Бевосита линк

“Ahmadboyni ozod qilsin!”

Ozodlik bog‘langan navbatdagi tinglovchi Toshkentning Chinozidan. Ma’lum bo‘lishicha, endigina 19 ga kirgan bu yigit tengdoshlarining aksariyati kabi ishsizdir. Uning aytishicha, ishni izlagan topishi mumkin, lekin topiladigan ish bir tomondan o‘ta og‘ir, to‘lanadigan haq esa, o‘ta ozdirki, natijada ishlashdan hech qanday ma’no yo‘q. Moliyaviy piramida tuzganlikda ayblanib qo‘lga olingan Ahmadboy Tursunboevni ozod qilishni ham so‘radi Shavkat Mirziyoevdan Ozodlik orqali so‘radi chinozlik yigit.

“Аҳмадбойни озод қилсин”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:12 0:00
Бевосита линк

Bosh vazir virtual qabulxonasi taklif va shikoyatlarni bildirish uchun maxsus telefon raqamlarni ham ma’lum qilgan.

Qo‘ng‘iroqlarning O‘zbekiston bo‘yicha bepul bo‘lib, undan faqat statsionar telefonga qo‘ng‘iroq qilish narxi bo‘yicha haq olinishi ta’kidlanadi.

O‘zbekiston vatandoshlari o‘z ariza, shikoyat yoki takliflarini O‘zLiDePning hududiy kengashlariga ham murojaat qilishlari mumkinligi bildirilgan.

Veb sahifada O‘zLiDePning barcha viloyatlardagi manzillari va telefon raqamlari ham ko‘rsatilgan.

XS
SM
MD
LG