Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:53

20 kundan beri davlat boshqarayotgan Mirziyoev kuniga o‘rtacha bittadan kadr almashtirdi


O‘zbekiston bosh vaziri va muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoev.
O‘zbekiston bosh vaziri va muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoev.

O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoev 8 sentabrda O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlanganidan buyon o‘tgan 20 kun ichida mamlakat boshqaruv tizimining turli pog‘onalarida bir qator amaldorlarni ishdan olib, ularning o‘rniga boshqalarni tayinladi.

Ba’zi holatlarda Islom Karimov davrida ishdan olinganlar amalga qaytarilgan bo‘lsa, kadrlarga oid boshqa o‘zgarishlarni odatdagi rotatsiya sifatida qabul qilish ham mumkin.

13 sentabr

Shu kuni Prezident vazifasini bajaruvchi kadrlarga oid birinchi qarorni qabul qildi.

13 sentabr kuni imzolangan bir qator farmonlar bilan Bosh vazirning bir o‘rinbosarini ishdan olinib, o‘rniga boshqa odam tayinlandi, bir vazirlik rahbari o‘zgartirildi, Bosh vazir ikki o‘rinbosarining vakolatlari doirasi kengaytirildi.

13 sentabr kungi farmonlar bilan

ishdan olindi:

Karimov Madjit Malikovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimidan;

Alisher Vasikovich Vaxabov O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimidan.

Tayinlandi:

Aripov Abdulla Nig‘matovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari etib,

Rustam Sabirovich Kasimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri etib.

Vakolatlari kengaytirildi:

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Azimov Rustam Sodiqovichning;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Ikramov Adxam Ilxamovichning.

Shavkat Mirziyoev prezident vazifasini bajaruvchi sifatida boshlagan kadrlar siyosatidagi eng birinchi qadamning bir jihati jamoatchilik e’tiborini o‘ziga tortdi: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalari kompleksi rahbari lavozimiga Aripov Abdulla Nig‘matovichni tasdiqladi.

Abdulla Aripov 2012 yili aynan shu lavozimdan, telekommunikatsiya sohasidagi korupsiya janjali ortidan, ishdan olingan edi.

14 sentabr

2014 yildan buyon Buxoro viloyat prokurori bo‘lib kelgan Murotjon Azimov O‘zbekiston Bosh prokurorining o‘rinbosari etib tayinlandi. Azimov Bosh prokuraturaga anchadan buyon vakant turgan lavozimga tayinlandi.

16 sentabr

O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev shu kuni Jizzaxga safar qildi va Jizzax shahri va yettita tuman hokimini lavozimidan oldi.

Jizzax shahri hokimi Asror Qobilovning o‘rniga avvalroq Toshkent shahar hokimi bo‘lib ishlagan Abduqahhor To‘xtaevni tayinladi.

Viloyat prokurori Shuhrat Akbarovning o‘rniga Shohmuhammad Muhammadjonovni tayinladi.

Shuningdek, Mirziyoevning Jizzax viloyatiga safari ortidan viloyatdagi kamida oltita tuman hokimlari almashtirildi.

17 sentabr

Ichki ishlar vazirining muovinlari hamda ayrim viloyatlarning ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari ishdan olinib, o‘rniga boshqa odamlar tayinlandi.

Polkovnik Saidkarim Nishonboev O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari;

polkovnik Alisher Ergashev O‘zbekiston IIV Huquqbuzarliklarning oldini olish bosh boshqarmasi boshlig‘i;

podpolkovnik Farruh O‘sarov Farg‘ona IIB Huquqbuzarliklarni oldini olish boshqarmasi boshlig‘i;

podpolkovnik Rahmonali Musaev Farg‘ona shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i;

podpolkovnik Azimjon Yuldashev Qo‘qon IIB boshlig‘i;

podpolkovnik Qudratjon O‘rinboev Quvasoy IIB boshlig‘i;

podpolkovnik Ziyohidin G‘afurov Uchko‘prik tuman IIB boshlig‘i;

podpolkovnik Otabek Saydahmedov Samarqand viloyat Qo‘shrabot tuman IIB boshlig‘i;

Aytbay Temirxanov Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

18 sentabr

Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shomansur Ahmedov va shu tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Saidakbar Po‘latov ishdan bo‘shatildi.

22 sentabr

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi etib Sherzod Kudbiev tayinlandi.

XS
SM
MD
LG