Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:01

MXX Chinozda Ahmadboy xazinasini qidirmoqda


Toshkent viloyati huquq idoralaridan birida ishlaydigan Ozodlik manbasi MXX maxsus guruhi Chinozda Ahmadboyning bir necha million dollarlik xazinasini qidirayotganini aytdi.
Toshkent viloyati huquq idoralaridan birida ishlaydigan Ozodlik manbasi MXX maxsus guruhi Chinozda Ahmadboyning bir necha million dollarlik xazinasini qidirayotganini aytdi.

O‘zbekiston huquq tizimlari moliyaviy piramida tuzib, o‘n minglab odamni chuv tushirganlikda ayblanaëtgan chinozlik tadbirkor Ahmad Tursunboevning bir necha million dollarlik oltin va javohirlarini qidirmoqda. Chinozdagi bu tekshiruvlar shu oy boshida Ahmadboyning kassiri uyidan bir necha million dollarlik pul mablag‘i va tilla-javohirlar topilishi ortidan ro‘y bermoqda.

Uch kun avval O‘zbekiston huquq tizimlarining qora niqobli maxsus guruhi Chinozda “Dono tillachi” deb nom chiqargan tadbirkor Dono Xudoyqulovaning uyida tintuv o‘tkazdi.

Voqeaga bevosita guvoh bo‘lgan chinozlik manbaning aytishicha, militsiya xodimlari "tillachi"ning uyni o‘rab olgan va hech kimni u yerga yaqinlashtirmagan.

Dono Xudoyqulova Ozodlik bilan suhbatda Milliy xavfsizlik xizmatining qora niqobli xodimlari uyini tintuv qilgani haqidagi xabarni tasdiqladi:

- Tekshirgani keldi, hamma yerni ko‘rishdi, nina ham topa olishmadi. Odamlar ko‘chada gap-so‘z tarqativorishgan, uyimda maxsus bunker bor ekan, go‘yo Ahmadboyning tilla-taqinchoqlarini men o‘sha erda saqlar emishman. Bo‘lmagan gap. Hech narsa topishmadi, ketishdi, - dedi Ozodlik muxbiri bilan suhbatda Dono Xudoyqulova.

Ozodlikning jarayonga bevosita yaqin bo‘lgan mahalliy manbalariga ko‘ra¸ so‘nggi bir hafta ichida MXX Ahmad Tursunboevga aloqador ko‘rilgan Chinozdagi boshqa bir qancha tadbirkorlar uylarini ham tintuv qilgan.

Chinozdagi bu tekshiruvlar Ahmad Tursunboevning hisobchisi uyidan bir necha million dollarlik pul mablag‘i va tilla-javohirlar topilishi ortidan ro‘y bermoqda.

Shu oy boshida Toshkentdan yuborilgan MXX maxsus guruhi Ahmad Tursunovning xazinachisi bo‘lgan Izzatning uyida tekshiruv o‘tkazib, to‘rt metr chuqurlikda maxsus qurilgan bunkerdan bir necha million dollarlik naqd pul va tilla-taqinchoqlarni olib ketgani haqida voqea guvohlari Ozodlikka gapirib berishgan edi.

- Boyliklarni ikkita “Isuzi” mashinasiga yuklashayotganini uzoqdan ko‘rdik. Aytishlaricha, Izzat kassir uyida pul saqlash uchun qurgan maxsus bunker to‘rt metr chuqurlikda ekan. Ana o‘sha erdan topishdi, bu reydga bevosita guvoh bo‘lgan chinozliklardan biri.

Rassom Tuz Ahmadboy mojarosini eltuz.com saytida hajv qilgan.
Rassom Tuz Ahmadboy mojarosini eltuz.com saytida hajv qilgan.

Toshkent viloyati huquq idoralaridan birida ishlaydigan Ozodlik manbasi MXX maxsus guruhi Chinozda Ahmadboyning bir necha million dollarlik xazinasini qidirayotganini aytdi.

- Bu yerda bir necha million dollarlik boyliklar haqida gap ketayapti. Bu odam (AhmadTursunboev) o‘n minglab odamdan ikki barobar qilib qaytarib berish sharti bilan pul, mashina, tilla buyumlarni olgan, lekin qaytarmagan. Shu boyliklar qaerga g‘oyib bo‘ldi? Huquq-tartibot idoralarini mana shu qiziqtimoqda, - dedi Toshkent viloyati huquq idoralarida ishlovchi xodim.

O‘zbek telekanallarida chop etilgan hujjatli filmlarda keltirilgan rasmiy ayblovga ko‘ra¸ Ahmad Tursunboev so‘nggi besh yil davomida odamlardan ikki barobar qilib qaytarish sharti bilan katta mablag‘larni noqonuniy ravishda olib kelgan.

Shu yilning iyun oyida Ahmadboy moliyaviy firibgarlikda ayblanib qo‘lga olingan, o‘shanda unga tegishli ekanligi aytilgan jami 12 million naqd dollar musodara etilgan edi.

Tursunboev O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik),168-moddasi (firibgarlik) va 170-modda (aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish), shuningdek, 177-modda - valyutani qonunga xilof ravishda olish va 178-modda - chet el valyutasini yashirish bandlari bo‘yicha ayblanmoqda.

Hozircha Tursunboev ishiga aloqado rasmiy idoralar Ahmadboy mijozlari pullarining egalariga qaytarilish-qaytarilmasligi borasida biror rasmiy bildirish e’lon qilgani yo‘q.

XS
SM
MD
LG